51
davlatlar tajribasi asosida fuqarolarning yillik
daromadlarini Deklaratsiya
qilish tartibi joriy qilindi.
2008-yildan keyingi davrda ham mamlakatimizda kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik sohasi ham barqaror rivojlandi. Xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning soliq
yukini yanada kamaytirish, mikrofirma va kichik
korxonalar uchun yagona soliq to‘lovining 10 foizdan 8 foizga, 2009-yilda
7 foizga, keyinchalik ushbu ko‘rsatkichning 5 foizga tushirilishi,
jismoniy
shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalarining kamaytirilishi va ayni
paytda uni hisoblash tartiblarining takomillashtirilishi tadbirkorlik,
kichik va
xususiy biznesni izchil rivojlantirish uchun rag‘batlantiruvchi omillar yaratdi.
2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida soliq solish
tizimini izchillik
bilan soddalashtirish, soliq solinadigan bazani kengay-
tirish orqali soliq yukini pasaytirish kabi vazifalar belgilangan. Ushbu
vazifalar ijrosi yuzasidan, shuningdek, soliq ma’muriyatchiligining zamo-
naviy
uslublarini joriy etish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar yig‘i-
luvchanligini oshirish maqsadida 2017-yil 18-iyulda
O‘zbekiston Respub-
Dostları ilə paylaş: