O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 3,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/105
tarix24.12.2023
ölçüsü3,82 Kb.
#190880
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   105
O\'zbekiston tarixi 11-sinf

Savol va topshiriqlar:
1. 2017-yil mamlakatimizda valuta sohasida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?
2. O‘zbekistonda xususiylashtirish jarayonlari va mulkdorlar sinfining 
shakllanishi borasida davlat tomonidan amalga oshirilgan siyosatga baho 
bering.
3. O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligiga oid islohotlardagi muvaffaqiyatlar va 
muammolar nimalardan iborat?
4. Mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida transport tizimi, temir yo‘llar va 
havo yo‘llarining ahamiyati haqida fikr bildiring.
5. Iqtisodiy taraqqiyotda xorij investitsiyasini jalb etish siyosatining aha-
miyatini tushuntiring.
6. Erkin iqtisodiy zona deganda nimani tushunasiz?
7-mavzu.
 Ijtimoiy siyosat va uning amalga oshirilish bosqichlari
Mustaqillik arafasida ijtimoiy-iqtisodiy va demografik vaziyat. 
XX 
asrda 70 yildan ko‘proq vaqt hukmron bo‘lgan, dunyo xaritasida “Sovet
Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi” degan nom bilan katta hududni egal-
lagan, ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga asoslangan yirik mamlakatdagi
to‘g‘ri bo‘lmagan, samarasiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosat 1980-yillarning
oxiriga kelib barcha ittifoqdosh respublikalar qatorida O‘zbekiston aho-
lisining ham yashash sharoitlarini og‘irlashtirib, uni ko‘plab muammolar 
iskanjasiga solib qo‘ydi. Bu muammolarning barchasi 1980-yillarning
oxiri, 1990-yillarning boshlarida O‘zbekistonda ijtimoiy keskinlikning 
kuchayishiga sabab bo‘ldi. Xususan, respublikada demografik vaziyat murak-
kablashdi. 
Biroq, aholining bunday o‘sishi uzoq yillar davomida sanoat va 
iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ish joylarini ko‘paytirish hamda 
?


53
aholining hayot ta’minoti uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bilan 
mustahkamlab borilmadi. Bu esa odamlar turmush sharoitining og‘irlashuvi, 
ishsizlar sonining ko‘payishi, ijtimoiy mehnat unumdorligi va aholi 
daromadlarining kamayishi, pirovard natijada xalq farovonligining 
pasayishiga olib keldi. Respublikadagi ijtimoiy ahvol, odamlarning ijtimoiy 
ta’minoti va ularni ijtimoiy himoya qilish qoniqarsiz darajada edi. Ayniqsa, 
qishloq aholisining toza ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlanishi atigi 
5 foizni, ichimlik suvi bilan ta’minlanishi salkam 50 foizni, tabiiy gaz bilan 
ta’minlanishi 17 foizni tashkil etar edi. Aholini uy-joy, sog‘liqni saqlash, 
madaniyat, maishiy xizmat obyektlari, maktablar, bolalar bog‘chalari va 
hokazolar bilan ta’minlash ishlarida siljishlar sezilmadi. Vaholanki, aholining 
ko‘pchilik qismi qishloq joylarida istiqomat qilar edi.
Yuqorida qayd etilgan holatlar O‘zbekiston aholisi daromadlari va 
turmush darajasining keskin pasayishiga olib keldi.

Yüklə 3,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin