53
aholining hayot ta’minoti uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bilan
mustahkamlab borilmadi. Bu esa odamlar turmush sharoitining og‘irlashuvi,
ishsizlar sonining ko‘payishi, ijtimoiy
mehnat unumdorligi va aholi
daromadlarining kamayishi, pirovard natijada xalq farovonligining
pasayishiga olib keldi.
Respublikadagi ijtimoiy ahvol, odamlarning ijtimoiy
ta’minoti va ularni ijtimoiy himoya qilish qoniqarsiz darajada edi. Ayniqsa,
qishloq aholisining toza ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlanishi atigi
5 foizni, ichimlik suvi bilan ta’minlanishi salkam 50 foizni, tabiiy gaz bilan
ta’minlanishi 17 foizni tashkil etar edi.
Aholini uy-joy, sog‘liqni saqlash,
madaniyat, maishiy xizmat obyektlari, maktablar, bolalar bog‘chalari va
hokazolar bilan ta’minlash ishlarida siljishlar sezilmadi. Vaholanki,
aholining
ko‘pchilik qismi qishloq joylarida istiqomat qilar edi.
Yuqorida qayd etilgan holatlar O‘zbekiston aholisi daromadlari va
turmush darajasining keskin pasayishiga olib keldi.
Dostları ilə paylaş: