50
jalb etish, bu borada qulay shart-sharoitlarni
shakllantirishga, ishlab
chiqarish va resurs salohiyatidan samarali foydalanish,
yangi ish joylarini
yaratish va aholi daromadlarini oshirishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.
Iqtisodiy zonalar kiritiladigan investitsiya miqdoridan kelib chiqqan holda
3 yildan 7 yilgacha muddatga bojxona va soliq to‘lovlaridan ozod etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil oktabrdagi “Urgut”,
“G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish
to‘g‘risida”gi, 2017-yil “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va
kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonlari
asosida bugungi kunda (2018) mamlakatimizda 10 hududda 14 ta erkin
iqtisodiy zona faoliyat yuritmoqda. “Navoiy”, “Angren”, “Jizzax”, “Urgut”,
“G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarida 62 loyiha
amalga oshirilgan, 4 ming 600 dan ortiq ish o‘rni yaratilgan. Farmatsevtika
sohasiga ixtisoslashgan “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”,
“Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm”, “Parkent-farm” sin-
gari 7 yangi korxonani qurib foydalanishga topshirish
ishlari izchil olib
borilmoqda. Prezidentning 2016-yildagi farmoniga ko‘ra “Navoiy” erkin
industrial-iqtisodiy zonasi, “Angren” va “Jizzax” maxsus industrial zonalari
nomini birxillashtirish maqsadida ular bundan buyon “Navoiy”, “Angren” va
“Jizzax” erkin iqtisodiy zonalar deb yuritiladigan bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: