O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 3,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/105
tarix24.12.2023
ölçüsü3,82 Kb.
#190880
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
O\'zbekiston tarixi 11-sinf

Jo‘rayev, Narzulla.
O‘zbekiston tarixi: 
O‘rta ta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari va o‘rta maxsus, 
kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik / Muall.: N.Jo‘rayev, A.Zamonov. 1-nashri. – T.: 
G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2018. – 144 b.
Mazkur darslik Respublika ta’lim markazi qoshidagi Tarix fani Ilmiy-metodik kengashi va 
O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi metodik markazi Ilmiy- 
metodik kengashi qarori asosida nashrga tavsiya etilgan.
Darslikning qo‘lyozmasi O‘zR FA O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha 
muvofiqlashtiruvchi metodik markazida, «O‘zbekiston mustaqillikka erishishining tarixiy shart-
sharoitlari: ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy omillar» nomli ПЗ–20170929749-loyiha doirasida 
tayyorlandi.
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi.
© N. Jo‘rayev, A. Zamonov
© G‘afur G‘ulom nomidagi 
nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 
2018


3
KIRISH
XX asrning so‘nggi yillari va XXI asrning boshida O‘zbekiston tarixi 
uchun butunlay yangi sahifa ochildi. U tarixiy davr sifatida tub burilish 
hodisasini boshlab berdi. O‘zbekistonning sovet tizimi sharoitidagi oxirgi 
yillari va mustaqil taraqqiyot davri xalqimizning bir necha ming yillik tarixida 
o‘zining mazmuni, mohiyati, jarayonlarining tezkorligi, voqea-hodisalarning 
shiddatliligi bilan alohida ajralib turadi. 
Darslikda O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi, yangi jamiyatga 
o‘tish davrida siyosiy islohotlarning amalga oshirilishi, O‘zbekistonda 
huquqiy demokratik davlat qurilishi, fuqarolik jamiyatining shakllantirilishi
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir tadbirlar, ma’naviy-ruhiy 
poklanish va milliy qadriyatlarning tiklanishi hamda O‘zbekistonning jahon 
hamjamiyatidan munosib o‘rin olishi kabi masalalar imkon qadar o‘z ifodasini 
topgan. 
Ko‘p ming yillik taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan va o‘tmishida katta tarixiy 
siljishlar bilan birga, tanazzullar va inqirozlarga guvoh bo‘lgan o‘zbek xalqi 
hayotida XX asrning oxiri va XXI asrning boshlari muhim ahamiyat kasb etdi. 
Ana shu davrda xalqimiz yaratgan buyuk bunyodkorliklar, siyosiy, iqtisodiy, 
huquqiy, ijtimoiy va ma’naviy sohadagi beqiyos yutuqlar O‘zbekistonning 
bundan keyingi uzoq kelajakka mo‘ljallangan taraqqiyotiga asos bo‘lib xizmat 
qiladi. Ushbu davrning mohiyati – butunlay yangi tuzum, yangicha turmush 
tarzi, zamonaviy jahon sivilizatsiyasi talablariga javob bera oladigan aqliy 
salohiyat, intellektual imkoniyat bilan bog‘liqligi muhim ahamiyatga ega. 
Garchi mustaqillik davri tarixan qisqa bo‘lsada, mustabid tuzum iskanjasidan 
chiqib ketish, butun bir xalqning mustaqilligi va erkinligini ta’minlash kabi 
g‘oyatda tahdidli va tahlikali, ayni paytda sharafli jarayonni boshdan kechirdi. 
O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida bosib o‘tgan yo‘lining 
mazmun-mohiyati va xususiyatlarini obyektiv baholagan holda mustaqillik 
davrini quyidagi ikki bosqichga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘lar 
edi: 

Yüklə 3,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin