O`zb tarix 11 узб indd


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi



Yüklə 3,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/105
tarix24.12.2023
ölçüsü3,82 Kb.
#190880
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   105
O\'zbekiston tarixi 11-sinf

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi

O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritgach, tabiiy ravishda davlat 
mustaqilligi va suverenitetini Konstitutsiya asosida mustahkamlash 
zarurati yuzaga keldi. O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasini tayyorlash 
g‘oyasi dastlab Islom Karimov tomonidan 1990-yilning mart oyida ilgari 
surildi. 1990-yil 20-iyun kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Kengashining II sessiyasida yangi Konstitutsiya ishlab chiqish 
lozim, degan xulosaga kelindi. Sessiya O‘zbekistonning Birinchi 
Prezidenti Islom Karimov boshchiligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya 
loyihasini tayyorlash bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida qaror qabul 
qiladi. Komissiya tarkibiga Oliy Kengash deputatlari, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi va viloyatlar vakillari, davlat, jamoat tashkilotlari va 
xo‘jaliklarning rahbarlari, olimlar, mutaxassislar kiritildi.
Konstitutsiyaviy komissiya O‘zbekiston Respublikasining Konstitut-
siyasini yaratish ustida 2,5 yil ishladi. Loyihaning dastlabki varianti 
1991-yilning oktabr-noyabrigacha tayyorlab bo‘lindi. U dastlab muqad-
dima, olti bo‘lim va 158 moddadan iborat edi. Bu loyiha hali mukammal 
emasligi, boisi uning ustida yanada jiddiyroq va talabchanlik bilan 


9
ishlash zarur edi. 1992-yil bahorida esa loyihaning 149 moddadan iborat 
ikkinchi varianti ishlab chiqildi. 1992-yilning kuz oylarida O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi loyihasi umumxalq muhokamasi 
uchun 2-marta matbuotda e’lon qilindi. Umumxalq muhokamasi davrida 
6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi.
1992-yil 8-dekabrda XII chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Kengashining XI sessiyasi bo‘ldi. Unda mamlakatning Asosiy Qonunini 
qabul qilish masalasi muhokama qilindi. Sessiyada deputatlar loyihaga 
80 ga yaqin o‘zgartirish, qo‘shimcha va aniqliklar kiritdilar. Shu kuni 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasi “O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish to‘g‘risida”, “O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kunni umumxalq bayrami 
deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi qonunlarni qabul qildi. 
Yodda tuting
!
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bo‘lim, 26 bob, 128
moddadan iborat. U «Mustaqillik Deklaratsiyasi», «O‘zbekiston Res-
publikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi qonunda mus-
tahkamlangan tamoyillar va g‘oyalarni o‘zida to‘la mujassamlashtirdi.

Yüklə 3,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin