O`zb tarix 11 узб indd


shakllanishi va rivojlanishi



Yüklə 3,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/105
tarix24.12.2023
ölçüsü3,82 Kb.
#190880
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   105
O\'zbekiston tarixi 11-sinf

shakllanishi va rivojlanishi
Prezidentlik institutining shakllanishi. 
O‘zbekiston mustaqillikka
erishgandan keyin davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali 
tizimi – Prezidentlik boshqaruvi shaklini rivojlantirishga kirishildi.
?
Yodda tuting
!
Bugungi kunda BMTga a’zo bo‘lgan 193 ta davlatdan 143 tasida 
Prezident lavozimi ta’sis etilgan.
1990-yil 24-martda O‘zbekiston Respublikasida prezidentlik instituti-
ning vujudga kelishi mamlakatimiz milliy davlatchiligining rivojlanishida 
mutlaqo yangi bosqichni boshlab berdi. 1990-yil 1-noyabrda qabul qilingan 
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida ijroiya va 
boshqaruv hokimiyatining tuzilishini takomillashtirish hamda O‘zbekiston 
SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar 
kiritish to‘g‘risida”gi qonuni bilan davlat boshqaruvining uyg‘un 


12
tizimini yaratish, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini 
bir-biridan qat’iy farqlab qo‘yish muhim ekanligini hisobga olib, pre-
zidentlik hokimiyati bilan Ministrlar Sovetining ijroiya-boshqaruv 
hokimiyati qo‘shib yuborildi. O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar 
Soveti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar 
Mahkamasiga aylantirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni 
vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi bo‘lishi, O‘zbekiston Res-
publikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Sovetining 
apparati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi bitta apparatga 
birlashtirilishi belgilandi.
Mazkur qonun mamlakatimizda davlat boshqaruv shakli – prezidentlik 
respublikasiga asoslanishini mustahkamlab qo‘ydi. Prezidentlik instituti 
ta’sis etilganidan so‘ng davlatimizda keng qamrovli islohotlar boshlandi. 
1991-yil 18-noyabrda mamlakatimizda prezidentlik saylovlarini tartibga 
soluvchi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonun 
qabul qilindi. Shu asosda 1991-yil 29-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentligiga muqobillik asosida saylov bo‘lib o‘tdi. 
Oliy lavozimga ikki nomzod – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi va 
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi nomzodi Islom Karimov va 
“Erk” Demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov (Muhammad Solih) 
nomzodi qo‘yildi. Saylovlar yakuniga ko‘ra, ovoz berishda qatnashganlarning 
86 foizi Islom Karimov nomzodini, 12,3 foizi esa Saloy Madaminov nomzodini 
yoqlab ovoz berdi. 1995-yil 26-martda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
qaroriga muvofi q, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddatini 
1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirish masalasi bo‘yicha umumxalq refe-
rendumi bo‘lib o‘tdi. 2000-yil 9-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Pre-
zidenti saylovi o‘tkazildi. Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezi-
dentligiga muqobillik asosida o‘tkazilgan saylovda O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti etib saylandi. 2002-yil 27-yanvarda bo‘lib o‘tgan referendumda 

Yüklə 3,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin