16
Vazirlar Mahkamasining doimiy organi sifatida
Bosh vazir va uning
o‘rinbosarlaridan iborat tarkibdagi Vazirlar Mahkamasining Rayosati
faoliyat ko‘rsatadi. 2003-yil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
89-moddasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar
Mahkamasining Raisi hisoblanadi”, degan ikkinchi qismi olib tashlandi.
O‘zbekiston hukumati – Vazirlar Mahkamasiga Bosh vazir rahbarlik qiladi.
Vazirlar Mahkamasi tarkibida Rais lavozimi bo‘lmaydigan bo‘ldi.
Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
taqdimiga binoan,
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning birinchi o‘rinbosari va
o‘rinbosarlari nomzodlari avval Qonunchilik palatasida, so‘ngra Senatda
ko‘rib chiqiladi hamda tasdiqlanadi. Vazirlar
Mahkamasining boshqa
a’zolari esa Bosh vazirning taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Hozirda Vazirlar Mahkamasining
tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning birinchi o‘rinbosari
va o‘rinbosarlari, O‘zbekiston
Respublikasi vazirlari, davlat qo‘mitalari-
ning raislari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi
kiradi.
Yodda tuting
!
O‘zbekistonda Bosh vazir maqomiga teng Vitse-prezidentlik lavozimida
Shukrullo Mirsaidov
(1990–1992), Bosh vazir lavozimida Abdulhoshim
Mutalov
(1992–1995), Oʻtkir Sultonov (1995–2003),
Shavkat Mir-
ziyoyev
(2003–2016) lar faoliyat yuritgan. 2016-yil 14-dekabrdan Abdulla
Aripov Bosh vazir etib tasdiqlangan.
Dostları ilə paylaş: