20
Prezidenti lavozimiga ko‘ra ushbu Kengashning raisi hisoblanadi.
Xavfsizlik Kengashi o‘zining majlislariga muvaqqat ravishda O‘zbe-
kiston Respublikasidagi har qanday mansabdor shaxsni taklif etishi
mumkin. Kengash majlisi davomida bildirilgan
taklif va mulohazalar
ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi va mamlakat Prezidenti tegishli qarorni
tasdiqlagandan so‘ng kuchga kiradi.
Yodda tuting
!
2018-yil 10-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Xavfsizlik kengashining ilk bor kengaytirilgan, ochiq, videokonferensiya
yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining jangovar
holatga shayligi ilgarigi 5 kundan bugungi kunda 3 soatga yetkazilgani
ta’kidlandi.
Mamlakatimizda ilk marta 1996-yil 24-aprelda Oliy Majlisning beshin-
chi sessiyasida ma’qullangan to‘rt bo‘lim, yigirma
sakkiz moddadan iborat
bo‘lgan “Milliy xavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi muhokama qilindi.
Milliy xavfsizlik tizimini shakllantirish, milliy xavfsizlikni ta’minlash borasi-
dagi vazifalar va ularni amalga oshirish prinsiplarini
huquqiy normalarda
belgilab beradigan, butunlay yangicha hujjat sifatida ko‘rib chiqildi. 1997-yil
avgust oyida Oliy Majlisning IX sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining
Milliy xavfsizlik konsepsiyasi qabul qilindi.
Xorij tajribasida milliy xavfsizlik deganda ko‘proq davlat xavfsizligi
tushuniladi. Bu borada O‘zbekiston o‘ziga xos yo‘liga ega.
Chunonchi,
masalaga bunday yondashuv milliy xavfsizlik muammosining mohiyatini bir-
muncha toraytiradi. To‘g‘ri, milliy xavfsizlikda harbiy va davlat xavfsizligi
masalalari asosiy o‘rin tutadi. Biroq milliy xavfsizlik
deyilganda faqat ana
shularning o‘zigina tushunilmaydi.
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2018-yil
9-yanvarda “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa doktrinasi to‘g‘risida”gi
qonun qabul qilindi. Qonun globallashuv sharoitida xalqaro va minta-
qaviy xavfsizlikka tahdidlar kengayib borayotgan vaziyatda geosiyosiy
qarama-qarshilik,
kuch ishlatish, shu jumladan, ommaviy qirg‘in qurolini
qo‘llash ehtimoli oshganligi, xalqaro terrorizm va ekstremizm faollashganligi,
axborot makonida o‘zaro kurash kuchayganligiga qarshi munosib tura olish
masalalarini kafolatlaydi.