O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 3,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/105
tarix24.12.2023
ölçüsü3,82 Kb.
#190880
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   105
O\'zbekiston tarixi 11-sinf

O‘zingizni sinang!
Prezidentlik respublikasi – bu ... 
Hokimiyatning bo‘linishi – bu ...
Islom Karimov – bu ...
Shavkat Mirziyoyev – bu ...
!
Uch hokimiyatdan har biri faoliyatda mustaqil bo‘lib, ayni vaqtda bir-
biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Prezident har uchala hokimiyat faoliyatini 
muvofiqlashtiruvchi mustaqil organ hisoblanadi.
Parlamentarizmning rivojlanishi bosqichma-bosqich amalga oshirib 
borildi. O‘zbek parlamentarizmi tarixiga nazar solsak, 1990–1994-yillarda 



14
O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining binosi
O‘zingizni sinang
!
Qonun va Konstitutsiyaviy qonunning qanday farqlari bor?
!
Yodda tuting

Mamlakat parlamentining bosib o‘tgan yo‘lini tarixiy nuqtayi nazardan 
tahlil etar ekanmiz, uni shartli ravishda uchta asosiy davrga bo‘lish mumkin. 
Birinchi davr – 1991–1994-yillar, ikkinchi davr – 1995–2004-yillar, 
uchinchi davr – 2005-yildan hozirgi paytgacha.
mamlakatimiz parlamenti Oliy Kengash nomi bilan atalib, 150 deputatdan 
iborat edi. 1995–2004-yillarda Oliy Majlis nomi bilan atalgan 250 deputatdan 
iborat bir palatali parlament shakllantirildi. Bir mandatli hududiy saylov 
okruglaridan saylangan deputatlar tarkibida Xalq demokratik partiyasidan
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan, “Vatan taraqqiyoti” partiyasidan, 
“Milliy tiklanish” partiyasidan deputatlar bo‘lib, ilk bor parlament fraksiyalari 
tashkil etildi.
2005-yildan boshlab mamlakatimiz 
tarixida ilk bor O‘zbekiston Res-
publikasi Oliy Majlisi ikki palatadan –
Qonunchilik palatasi (quyi palata) va 
Senatdan (yuqori palata) iborat tarzda 
ish boshladi. Bu 2002-yil 27-yanvarda 
o‘tkazilgan referendum va shu asosda
qabul qilingan “O‘zbekiston Respubli-
kasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida” va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunlar 
asosida amalga oshirildi.
Parlamentda 250 kishi, jumladan, Quyi palata – Qonunchilik palatasida 
150 deputat, Senatda 100 nafar senator faoliyat ko‘rsatadi. Senatga Qora-
qalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 6 nafardan
jami 84 kishi saylanadi. Prezident tomonidan tayinlanadigan 16 nafar el-
yurtda obro‘-e’tibor qozongan kishilar Senatning a’zosi bo‘lishadi.


15

Yüklə 3,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin