25
Shunday qilib, fuqarolar yig‘ini ma’lum muddatda to‘planib
ish yuri-
tadigan o‘zini o‘zi boshqarish vositasi bo‘lsa, rais, uning maslahatchilari
doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi tuzilmadir.
Prezidentning 2017-yildagi farmoni asosida fuqarolar yig‘inlarining
uyushmasi sifatida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini
muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi tashkil etildi. O‘zbekiston
Respublikasi Bosh vaziri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi
raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar
va shaharlar hokimlariga
tegishincha Respublika kengashi, hududiy kengashlarga jamoatchilik asosida
raislik qilishi belgilandi. Respublika kengashida tashkiliy ishlar va uslubiy
masalalar bo‘yicha rais o‘rinbosari, shuningdek,
Respublika kengashi hamda
hududiy kengashlarda yoshlar ishlari, diniy-ma’rifiy masalalar, keksalar
va faxriylar ishlari bo‘yicha rais o‘rinbosarlari lavozimlari joriy etildi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida jamoatchilik asosida faoliyat
yuritadigan fuqarolar yig‘ini raisining o‘rinbosari – yoshlar masalalari
bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etildi.
Mustaqil ish.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 99–105-moddalari
mazmunini mavzu bilan bog‘lang. Misollar keltiring.
Saylov tizimi
. O‘zbekistonda
demok-
ratik jamiyatga xos saylov tizimi barpo
etilishida xalqaro huquq andozalari va
talablariga, ilg‘or chet el tajribasiga mos
saylov qonunchiligi yaratilishi muhim
ahamiyat kasb etdi.
Dastlab saylov tizimini yo‘lga
qo‘yish maqsadida “O‘zbekiston Res-
publikasining referendumi to‘g‘risida”
va “O‘zbekiston
Respublikasi Prezi-
denti saylovi to‘g‘risida” (1991-yil
18-noyabr) qonun qabul qilindi. XX
asr 90-yillarining boshida saylovlar,
saylov o‘tkazish tartiblari to‘g‘risida
2016-yil 14-dekabrda saylangan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev
26
bir qator qonunlar qabul qilindi.
Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar
Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi va “Fuqarolar saylov huquqlarining
kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar shular jumlasidandir.
Saylovlar Markaziy saylov komissiyasi
tomonidan tashkil etiladi,
komissiya 1998-yildan e’tiboran mustaqil muvaqqat organ sifatida faoliyat
boshlagan bo‘lsa, 2014-yildan esa doimiy organ sifatida tashkil etildi.
Markaziy saylov komissiyasi va uning a’zolari o‘z faoliyatini har qanday
davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil
holda amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarda 18
yoshga
to‘lgan fuqarolarning saylash huquqiga ega ekanligi, O‘zbekiston Prezidenti
saylovi, Oliy Majlis saylovi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar
Kengashlari saylovi umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida
yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilishi mustahkamlab qo‘yilgan.
Har bir fuqaro – saylovchi bir ovozga ega. 35 yoshdan kam bo‘lmagan
fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, 25 yoshga to‘lganlar Oliy
Majlisga, 21 yoshga to‘lganlar viloyat, tuman
va shahar Kengashlariga
deputat etib saylanish huquqiga ega.
Dostları ilə paylaş: