O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 3,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/105
tarix24.12.2023
ölçüsü3,82 Kb.
#190880
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   105
O\'zbekiston tarixi 11-sinf

Savol va topshiriqlar:
1. “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” shiorini izohlang.
2. Prezidentning 2016-yil 28-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning 
murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida nimalar nazarda tutilgan?
3. Xalq qabulxonalarining vazifalari nimalardan iborat?
4. “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va 
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” nechta qismdan iborat? 
Ularni sanab bering.
5. Qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanib, Harakatlar strategiyasini amalga 
oshirish bo‘yicha Milliy komissiya tarkibini aniqlang.
III BOB. 
O‘ZBEKISTONDA IQTISODIY ISLOHOTLAR
VA IJTIMOIY SIYOSAT
5-mavzu. 
O‘zbek modelining ishlab chiqilishi.
Iqtisodiy islohotlarning boshlanishi
O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li, 
taraqqiyotning “O‘zbek modeli”. 
O‘zbekiston mustaqillikka erishgan 
vaqtda ijtimoiy-iqtisodiy ahvol o‘ta murakkab edi. Mustaqilligini qo‘lga 
kiritgan O‘zbekiston sovet tuzumi davridagi iqtisodiyot asosini tashkil etgan 
rejalashtiruvchi siyosatdan voz kechdi va bozor iqtisodiyoti yo‘lini tanladi. 
Jahon tajribasi ko‘rsatishicha, dunyodagi barcha mamlakatlar uchun maqbul 
bo‘lgan bir xil taraqqiyot yo‘li, bir xil andoza bo‘lishi mumkin emas. Har bir 
davlat o‘zining tarixiy taraqqiyot an’analari, milliy o‘ziga xos xususiyatlarini 
hisobga olgan holda, o‘z yo‘li, o‘z modelini ishlab chiqishi lozim. O‘zbe-
kiston ham ana shu umumiy dastur va umumiy qonuniyat mezonlari asosida 
bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tishga imkoniyat beradigan o‘z yo‘lini 
tanlab oldi. 
Atamalar izohi
!
Konsepsiya – 
biror sohani rivojlantirishga qaratilgan keng qamrovli 
loyiha yoki qarashlar majmui.

Yüklə 3,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin