O`zb tarix 11 узб indd


Sanksiya  – huquqshunoslikda huquqbuzarga nisbatan qoʻllaniladigan  va uning uchun muayyan oqibatlar keltiruvchi chora. Strategiya



Yüklə 3,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/105
tarix24.12.2023
ölçüsü3,82 Kb.
#190880
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   105
O\'zbekiston tarixi 11-sinf

Sanksiya 
– huquqshunoslikda huquqbuzarga nisbatan qoʻllaniladigan 
va uning uchun muayyan oqibatlar keltiruvchi chora.
Strategiya
– uzoqqa boruvchi ta’sir vositalari va uslublari; maqsadni 
istiqbolli dinamik aniqlab olish.
?


36
Bozor munosabatlariga o‘tishning dastlabki davridan respublika huku-
mati va Prezidenti tomonidan bir qator huquqiy hujjatlar qabul qilindi. 
Mustaqillikning dastlabki yillarida aholini ijtimoiy himoyalashga qaratilgan 
nogironlarni ijtimoiy himoya qilish, davlat pensiya ta’minoti, iste’molchilar 
huquqlarini himoya qilish, fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash haqida va boshqa 
shu kabi respublika qonunlari, hukumat qarorlari va Prezident farmonlari 
qabul qilindi.
Iqtisodiy islohotlarni boshqarish tizimining barpo etilishi. Bozor
infratuzilmasining shakllanishi. 
Iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy
strategik maqsadi, avvalo, kishilar turmushi va faoliyati uchun zarur shart-
sharoitlarni ta’minlaydigan, kuchli va muntazam rivojlanib boruvchi iqtisodiy 
tizimni barpo etishdir. Bozor munosabatlariga o‘tish davrining birinchi 
bosqichi mustaqillik kunidan milliy valutani muomalaga kiritishgacha 
bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqichda ikkita asosiy vazifa hal 
qilindi. Birinchidan, ma’muriy-buyruqbozlik tizimining og‘ir oqibatlari 
yengib o‘tildi, tanglikka barham berildi va iqtisodiyot barqarorlashtirildi. 
Ikkinchidan, bozor munosabatlarining huquqiy negizlari shakllantirildi. 
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatning huquqiy-
iqtisodiy negizlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida o‘z 
ifodasini topdi. Islohotlarning birinchi bosqichida Oliy Kengash tomonidan 
iqtisodiyotga oid 100 dan ortiq qonunlar qabul qilindi. Shu bilan birga, 
xususiylashtirish chog‘ida imtiyozlar tizimi yaratildi. Xususiylashtirilayotgan 
korxona mehnat jamoasining xodimlariga aksiyalarni imtiyozli shartlar bilan 
sotib olish imkoniyati berildi. Eskirgan asosiy fondlar, ijtimoiy infratuzilma 
obyektlari yangi mulkdorlarga tekinga topshirildi. Qishloq xo‘jaligi davlat 
xo‘jaliklarining mol-mulki, fermalar, bog‘lar va uzumzorlar imtiyozli shartlar 
asosida xususiylashtirildi.

Yüklə 3,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin