30
Savol va topshiriqlar
:
1. Mahalliy davlat hokimiyati organlarini sanang. Ular o‘z faoliyatini qaysi
qonunlar asosida yuritadi?
2. Saylov tizimidagi so‘nggi o‘zgarishlar haqida nimalarni bilasiz?
3. Mahalliy hokimiyat va mahalliy vakillik organi o‘rtasida qanday farq va
bog‘liqliklar bor?
4. Siyosiy partiyalar faoliyati bo‘yicha quyidagi jadvalni to‘ldiring.
Partiya
O‘zbekiston
XDP
“Adolat”
SDP
O‘zMTDP O‘zLiDeP
Tashkil topgan yili
G‘oyasi
4-mavzu.
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishining
asosiy bosqichlari va istiqbollari
Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari
. 2000-yildan bugungi kunga
qadar bo‘lgan davrni qamrab olgan bosqichda mamlakatda faol demokratik
yangilanish va modernizatsiyalash jarayonlari kuzatildi.
Ushbu bosqichning
asosiy vazifasi qilib milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlashga qara-
tilgan kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich
o‘tish masalasi qo‘yildi. Mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotida
demokratlashtirish va liberallashtirish
jarayonlari chuqurlashdi, inson haq-
huquqlari va erkinliklarini himoya qiluvchi mustaqil sud tizimi mustah-
kamlandi, fuqarolik jamiyati asoslari rivojlandi,
fuqarolarning iqtisodiy va
siyosiy faolligi ortib bordi. Islom Karimov tomonidan mamlakatda fuqarolik
jamiyatini shakllantirish va demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
konsepsiyasi ishlab chiqildi. Ushbu bosqich davlat hokimiyati va bosh-
qaruvini yanada demokratlashtirish,
sud-huquq tizimi, axborotlashtirish
sohasini isloh etish, so‘z erkinligini ta’minlash, saylov qonunchiligini
takomillashtirish, iqtisodiyotni liberallashtirishga
qaratilgan demokratik
bozor islohotlarini chuqurlashtirishga qaratilganligi bilan xarakterlanadi.
2002-yili bo‘lib o‘tgan Oliy Majlisning IX sessiyasida mamlakatning
Birinchi Prezidenti Islom Karimov ayni ana shu ko‘p qirrali islohotlarni
amalga oshirishning yangi tamoyillarini o‘rtaga tashladi. Unda islohotlarga
doir yettita masala – ustuvor yo‘nalish belgilab berildi.
?
31
Ustuvor yo‘nalishlardan biri jamiyat hayotida
nodavlat va notijorat
tashkilotlarning o‘rni va rolini oshirish orqali fuqarolik jamiyatini barpo
etish jarayonlarini chuqurlashtirish, “Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari”
tamoyilini amalga oshirish hisoblanadi.
Davlat siyosatining bosh yo‘li huquqiy, demokratik davlatni vujudga
keltirish, qonun oldida barchaning tengligini ta’minlash, “fuqaro – jamiyat –
davlat” prinsipini joriy etish, ana shu yo‘l bilan fuqarolik jamiyatini vujudga
keltirish bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: