29
vakillik organlariga bo‘ladigan saylovlarda qanday natijalarga erishganligi
hisoblanadi.
O‘zbekiston ekologik harakati
. 2008-yil O‘z-
bekiston Respublikasining “
Saylov to‘g‘risidagi
qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
”gi
qonuni qabul qilindi. Unga ko‘ra O‘zbekiston Res-
publikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga
besh yil muddatga 135 deputat saylanib, Qonunchilik palatasining
15 deputati O‘zbekiston
ekologik harakatidan, o‘z ichki qurultoyidan
saylanishi belgilandi. Ushbu Qonun asosida Oliy Majlisning Qonunchilik
palatasidagi deputatlarining soni 150 deputatdan iborat bo‘ldi.
O‘zbekiston ekologik harakati 2008-yil avgustda tashkil topgan.
O‘zbekiston ekologik harakati o‘z faoliyatini fuqarolarning hozirgi va
kelgusi avlodi qulay atrof-muhit
sharoitida yashashi, aholi salomatligini
yaxshilash, barcha tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona
foydalanish huquqlarini hamda ularga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlashga
qaratilgan yangilanish jarayonlarini yanada chuqurlashtirishda jamiyatning
bor kuch va salohiyatini safarbar qilishga qaratgan.
Yodda tuting
!
2017-yil 22-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy
Majlisga Murojaatnomasi e’lon qilindi. Mazkur Murojaatnomada
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi 15 ta
deputatlik o‘rni belgilab qo‘yilmasdan, Ekologik harakat boshqa partiyalar
bilan
teng raqobatga kirishgan holda, saylovlar orqali deputatlik o‘rniga
erishishi lozimligi taklif etildi.
Dostları ilə paylaş: