O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 3,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/105
tarix24.12.2023
ölçüsü3,82 Kb.
#190880
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   105
O\'zbekiston tarixi 11-sinf

Savol va topshiriqlar:
1. Mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekistonda iqtisodiy vaziyat 
qanday edi?
2. O‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan iqtisodiyot tizimining mohiyati 
nimalardan iborat?
3. Taraqqiyotning o‘zbek modeli va uning asosiy tamoyillari nimalardan 
iborat?
4. 2010-yildan keyingi davrda avtomobil va temir yo‘llarini barpo etishda 
qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ldi?
5. Quyidagi jadvalni to‘ldiring.
T/r.
Jarayon nomi
Yili
Ahamiyati 
1
Afrosiyob tezyurar poyezdi ishga tushdi
2
“O‘zDAEWOO avto”ning ishga tushirilishi
6-mavzu.
 Mamlakat ishlab chiqarish salohiyatining oshirilishi
va jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi
Iqtisodiyotni modernizatsiyalashtirish. 
2000-yilda boshlangan iqtisodiy 
islohotlarning keyingi bosqichida iqtisodiyotga davlat aralashuvi dara-
jasining pasayishi hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati kafolat-
larini kuchaytirish va ularni nazorat qiluvchi organlarning noqonuniy 
aralashuvidan himoya qilish masalalariga asosiy e’tibor qaratildi. 2002- 
yildan boshlab import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish hamda 
ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi amalga oshirila boshlandi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yildagi “Iqtisodiyot real
sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida iqtisodiy nochor korxonalarni moliya-
Atamalar izohi
!
Dotatsiya
(
lot.
— tuhfa) – maʼlum xarajatlarni qoplash uchun 
iqtisodiyotning bir subyekt tomonidan ikkinchisiga qaytarib bermaslik 
sharti bilan pul mablagʻi berilishi.
Aeronavigatsiya
– (
lot.
— kemada suzish) uchish apparatlarini tegishli 
asbob va vositalar yordamida belgilangan yo‘ldan olib borish haqidagi fan; 
havo navigatsiyasi.
Magistral
– (
lot.
— bosh, asosiy) asosiy yo‘l, qatnov yo‘li, umuman, 
tarmoqlangan sistemalarning asosiy qismi.
?


47
viy sog‘lomlashtirish, modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan 
yangilash jarayoniga tijorat banklarining mablag‘larini kengroq jalb 
qilishni yo‘lga qo‘yish tadbirlari va bankrot korxonalarni tijorat bank-
lariga sotish yoki to‘g‘ridan- to‘g‘ri balansiga berish mexanizmi belgilab 
berildi. Mazkur korxonalarni modernizatsiyalash va barqaror rivojlan-
tirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish maqsadida xusu-
siylashtirilgan obyektlarga narx belgilashning samarali mexanizmi joriy etildi.

Yüklə 3,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin