55
qatlamlari – pensionerlar, nogironlar, ko‘p bolali va kam daromadli
oilalar, ishsizlar, o‘quvchi yoshlar hamda qayd etilgan miqdorda daromad
oluvchi kishilar turli xil yo‘llar bilan himoya qilib borildi.
1992–2017-yillar mobaynida
ish haqi va pensiyalarning, oliy o‘quv
yurtlari talabalarining, aspirantlarining, doktorantlarining stipendiyalari
miqdori bir necha bor oshirildi. Pensionerlarning
ijtimoiy ahvolini
e’tiborga olib, eng kam pensiyaning mutlaq miqdori ish haqining eng
kam miqdoridan oshiqroq bo‘lishi muttasil ta’minlanib kelindi. Bu yo‘l
ijtimoiy adolat tamoyillariga mos kelar edi.
1994-yilga kelib, O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalash tizimi
tubdan o‘zgartirildi. Ijtimoiy ko‘mak berishning mutlaqo yangi ilg‘or
tizimi shakllantirildi. Bu tizimning mohiyati shundan iboratki,
bolalar va
kam daromadli oilalar bu yordamdan bahramand bo‘luvchi asosiy kishilar
bo‘lib qoldi.
1994-yilning sentabridan boshlab barcha bolali oilalar uchun yagona
nafaqa joriy etildi. Bunday yordam odamlarga yaqin turadigan mahalla
fuqarolar yig‘inlarida amalga oshiriladigan bo‘ldi.
1996-yil dekabrda bolali oilalarga ijtimoiy
yordam berilishni kuchay-
tirish, aholini ijtimoiy himoya qilish borasidagi chora-tadbirlarni
ro‘yobga
chiqarishda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining
roli va mas’uliyatini oshirish maqsadida “Bolali oilalarni davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish to‘g‘risida” yana bir muhim farmon
qabul qilindi. Unda 1997-yildan
boshlab yordamga muhtoj, bolali oilalarga
bolalarning soniga qarab, eng kam ish haqining 50 foizidan boshlab 175
Mustaqil ish
.
Quyidagi ma’lumot asosida, qo‘shimcha adabiyotlardan foydalangan holda
kichik esse yozing!
1996-yildan boshlab 16 yoshgacha bolalari bo‘lgan
barcha oilalarga
beriladigan har oylik nafaqalar ko‘paytirilib, bu nafaqalar bolalarning soniga
qarab quyidagi miqdorda belgilandi: bir bolali oilalarga – eng kam ish haqining
30%; ikki bolali oilalarga – eng kam ish haqining 60%; uch bolali oilalarga – eng
kam ish haqining 80%; to‘rt bolali oilalarga – eng kam ish haqining 100%; besh
va undan ko‘proq bolali oilalarga – eng kam ish haqining 120%.
56
foizigacha nafaqalar beriladigan bo‘ldi. Nogiron bolalarni sog‘lomlashtirish
maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi
tashabbusi bilan, xorijiy hamkorlarni jalb etgan holda, tug‘ma
nuqsonlari
mavjud bo‘lgan bolalarni murakkab jarrohlik yo‘li bilan davolash ishlari
amalga oshirildi.
Yodda tuting
!
1997-yildan boshlab har yili 1-sinf o‘quvchilariga bepul o‘quv
anjomlari, darsliklarni berish joriy etildi, kam ta’minlangan oilalarning
boshlang‘ich sinfl arda o‘qiydigan bolalariga bepul qishki issiq kiyimlar
berish yo‘lga qo‘yildi.
Dostları ilə paylaş: