58
sidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tad-
birlari dasturi to‘g‘risida” qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga ko‘ra, sog‘liqni
saqlash sohasini isloh qilish va shu sohada sifat o‘zgarishlarini amalga
oshirishni ta’minlash borasidagi ishlar davom ettirildi.
Bolalarni yuqumli
kasalliklarga qarshi emlash darajasi qariyb 100 foizni tashkil etdi.
Barcha viloyatlar markazlarida kattalar va bolalar uchun ko‘p tarmoqli
tibbiyot markazlari, har bir tumanda eng zamonaviy tibbiyot asbob-
uskunalari bilan jihozlangan qishloq vrachlik punktlari faoliyati yo‘lga
qo‘yildi. Bugungi kunda respublikamizda 3000 ga yaqin Qishloq vrachlik
punkti (QVP) faoliyat ko‘rsatmoqda.
2016-yil O‘zbekistonda “Sog‘lom ona va sog‘lom bola yili” deb e’lon
qilindi. 2016-yilda chekka qishloq
tumanlarida yashayotgan aholi, birinchi
navbatda, xotin-qizlar uchun zarur ijtimoiy, maishiy
va tibbiy sharoitlar
yaratish, qishloq aholisini toza ichimlik suvi, tabiiy gaz bilan ta’minlash,
xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish borasidagi ishlar izchil davom
ettirildi.
O‘tgan yillar mobaynida yurtimizda aholining o‘rtacha umr ko‘rish
darajasi ham sezilarli ravishda ortib bordi. Bu boradagi umumiy ko‘rsatkich
1990-yilda 67 yoshni tashkil etgan bo‘lsa, 2015-yilda 74 yoshni tashkil etdi.
Jumladan, erkaklar o‘rtasidagi o‘rtacha umr ko‘rish 66 yoshdan 70 yoshga,
ayollar o‘rtasida esa 72 yoshdan 76 yoshga uzaygani
odamlar salomatligini
muhofaza qilish va turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan chora-
tadbirlarning aniq va yaqqol natijasi sifatida baholash o‘rinli bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: