O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 3,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/105
tarix24.12.2023
ölçüsü3,82 Kb.
#190880
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   105
O\'zbekiston tarixi 11-sinf

Yodda tuting
!
Agar 1992-yilda 10 ta milliy-madaniy markazlar ish olib borgan bo‘lsa, 
hozirga kelib esa mamlakatda 138 ta milliy-madaniy markazlar faoliyat 
yuritmoqda.
Yodda tuting
!
O‘zbekiston aholisining 80 % ini o‘zbek, 4,9 % ini tojik, 3,8 % ini 
rus, 3,6 % ini qozoq va 7,7 % ini boshqa turli millatlarga mansub kishilar 
tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasida yashovchi turli millat vakillarini respublika 
ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifi y hayotida faol ishtirok etishini ta’minlash milliy-
madaniy markazlar faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shuningdek, 
xorijiy mamlakatlardagi turdosh tashkilotlar bilan do‘stlik, hamkorlik, 
madaniy-ma’rifi y aloqalar o‘rnatish va hamdo‘stlik aloqalarini rivojlantirish,
turli davlat va jamoat tashkilotlari hamda ijodiy uyushmalar bilan 
hamkorlikda mamlakatda fuqarolar hamjihatligi va millatlararo totuvlikni 
mustahkamlashga ko‘maklashish milliy madaniy markazlar, xususan, 
Respublika Baynalmilal madaniyat markazining asosiy vazifalaridir. 1992-yil 
tashkil etilgan Respublika Baynalmilal madaniyat markazi esa ushbu milliy 


63
O‘zingizni sinang
!
Xalqaro ona tili kuni – …
O‘zbekiston aholisi – bu …
Baynalmilal markazi – bu …
Millatlararo totuvlik – bu …
!
Yodda tuting
!
Bugungi kunda ham millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik 
g‘oyasi dunyoda eng dolzarb muammolardan biridir. Shu munosabat bilan 
YuNESKO 1995-yil Parijda «Bag‘rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi»ni 
qabul qildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti esa har yilning 16-noyabrini 
«Xalqaro bag‘rikenglik kuni» deb e’lon qildi.
O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor
. Tarixdan ma’lumki, o‘zbek xalqi boshi-
dan kechirgan og‘ir qatag‘on yillari va ikkinchi jahon urushi yillarida ko‘p 
sitamlarga yuzma-yuz bo‘lgan koreyslar, nemislar, turklar, polyaklar, greklar, 
qrim-tatar va boshqa millat vakillari O‘zbekistonni Vatan tutdilar. Ularning 
hozirgi avlodlari uchun esa O‘zbekiston ona Vatanga aylandi. Chunki ular 
shu yerda tug‘ilib kamolga yetdilar, hayotda o‘z o‘rinlarini topdilar.
O‘zbekistonda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadigan “Mus-
taqillik” va “Navro‘z” bayramlari, 8-dekabr – Konstitutsiya qabul qilingan 
kun, 8-mart – Xotin-qizlar kuni, 9-may – Xotira va qadrlash kuni kabi 
bayram tadbirlarida turli millat va elat vakillari ham faol qatnashadilar.
madaniy markazlar faoliyatini muvofi qlashtirib, ularga tashkiliy va uslubiy 
yordam ko‘rsatib keldi.
Baynalmilal markaz tomonidan har yili ikki marta til bayrami o‘tkazilib 
kelinadi. Bular – YuNESKO Bosh konferensiyasi 30-sessiyasida (1999-yil) 
21-fevral – Xalqaro ona tili kuni deb e’lon qilingan va 2000-yildan 195 ta
a’zo davlatlarda nishonlanib kelinayotgan “Xalqaro ona tili kuni” hamda 
O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun hisoblanadi. Ayni munosabat 
bilan har yili an’anaviy tarzda o‘zbek tili bo‘yicha notiqlik san’ati tanlovi 
tashkil etib kelinadi.
Hozirgi O‘zbekiston hududida qadimdan Sharq ma’naviyatiga tayanib 
yashash, hamjihatlikka intilish, har tomonlama barkamollik oliy qadriyat 
darajasiga ko‘tarilgan, millatidan, irqi, ijtimoiy kelib chiqishi va diniy 
e’tiqodidan qat’i nazar, yagona o‘lchov – insonni insonligi uchun ulug‘lash 
bosh mezon qilib olingan. 


64
Bugungi kunda respublikadagi barcha oliy o‘quv yurtlarida turli 
millatga mansub talabalar tahsil oladi. Dunyoning kamdan-kam mam-
lakatlarida kuzatiladigan yana bir holat shuki, O‘zbekistonda ta’lim 
7 tilda olib boriladi. Bular sirasiga o‘zbek va qoraqalpoq tillaridan tashqari 
rus, qozoq, turkman, tojik va qirg‘iz tillarini kiritish mumkin. Teleradio 
ko‘rsatuv va eshittirishlar 12 tilda efirga uzatilmoqda, gazeta va jurnallar 
10 dan ortiq tillarda chop etilmoqda. Bu O‘zbekistonda millatlararo 
totuvlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Yüklə 3,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin