O`zb tarix 11 узб indd


Millatlararo munosabatlarda yangi davr



Yüklə 3,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/105
tarix24.12.2023
ölçüsü3,82 Kb.
#190880
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   105
O\'zbekiston tarixi 11-sinf

Millatlararo munosabatlarda yangi davr
. Bugun respublika hudu- 
dida yashovchi 130 dan ortiq millat va elat vakillari uchun O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi millatlararo totuvlikni mustahkamlash, 
barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlashning kafolati bo‘lib xizmat qilmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 
tashabbusi bilan qabul qilingan 2017–
2021-yillarda O‘zbekiston Respublika- 
sini rivojlantirishning besh ustuvor 
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strate- 
giyasida mamlakatimizda millatlararo 
totuvlikni ta’minlash masalasiga alohida 
e’tibor qaratilgan. Mamlakatimizda tinch-
likni yanada mustahkamlash, millatlararo 
barqarorlikni 
yuksaltirish 
maqsadida 
2017-yil 19-mayda O‘zbekiston Respub- 
likasi Prezidentining “Millatlararo muno- 
sabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan 
do‘stlik aloqalarini yanada takomillash-
tirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi far-
moni qabul qilindi. Farmonga muvofiq
Baynalmilal madaniyat markazi negi- 
zida Millatlararo munosabatlar va xorijiy 
mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari 
qo‘mitasi tashkil etildi. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakatimizda faoliyat 
yuritayotgan milliy madaniy markazlar hamda do‘stlik jamiyatlarini 
qo‘llab-quvvatlash, ularning samarali faoliyat yuritishida davlat idoralari 
Millatlararo munosabatlar va 
xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik 
aloqalari qo‘mitasi
Xalqlar do‘stligi maydonidagi 
Shomahmudovlar oilasi haykali


65
va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishda 
mustahkam tayanch bo‘ladi. 
Savol va topshiriqlar
:
1. Millatlararo totuvlik g‘oyasini izohlang.
2. Mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elatlarning tinch-totuv yashashi 
uchun qanday shart-sharoitlar yaratilgan?
3. “Xalqaro bag‘rikenglik kuni” qaysi sanada nishonlanadi? Qo‘shimcha 
adabiyotlardan foydalanib bu kun nega shu sanada nishonlanishini 
aniqlang.
4. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasining nechanchi yo‘nalishi millatlararo 
totuvlikka qaratilgan?
5. Respublika Baynalmilal madaniyat markazi qanday tashkilotga aylan-
tirildi? Uning maqomi qanday?

Yüklə 3,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin