74
qabulxonasiga tushgan taklif va mulohazalar,
shuningdek, respublika
maktablaridagi bitiruvchilarning ota-onalari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma
natijalaridan kelib chiqib, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan
9+3, ya’ni 12 yillik majburiy ta’limdan 11 yillik ta’limga o‘tildi.
2017-yilning o‘zida 10-sinf o‘quvchilari uchun 9 mln. nusxa dars-
liklar chop etildi va 10 mingga yaqin umumta’lim
maktabida
11 yillik ta’limga o‘tilgan holda o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Bu akade-
mik litsey va kasb-hunar kollejlariga qabul jarayoni bilan barobar olib bo-
rildi. Bunda ota-onalar va o‘quvchilarning xohish-istaklari inobatga olindi.
2016/2017-o‘quv yilida umumta’lim maktablarini tamomlagan 466 mingdan
ortiq o‘quvchining 288 mingi 10-sinfda o‘qishni davom ettirdilar.
Maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning birlamchi, eng asosiy
bo‘g‘inidir. Maktabgacha taʼlim, 6–7 yoshgacha oilada, bolalar bogʻchasida
va boshqa taʼlim muassasalarida olib boriladi.
Mutaxassislarning ilmiy
xulosalariga ko‘ra, inson o‘z umri davomida oladigan barcha axborot
va ma’lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi. Shu bois,
bolalarning sog‘lom va bilimli, yetuk salohiyatli kadrlar bo‘lib voyaga
yetishida bog‘cha
tarbiyasi juda muhim
o‘rin tutadi. Maktabgacha ta’lim tizimini
yanada takomillashtirish, moddiy-texnika
bazasini mustahkamlash,
maktabgacha
ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengay-
tirish, malakali pedagog kadrlar bilan
ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Res-
publikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
2017-yil 30-sentabrda “Maktabgacha
ta’lim tizimini boshqarishni takomil-
lashtirish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, Maktabgacha ta’lim
vazirligi tashkil etildi. Yangi vazirlik tizimiga Qoraqalpog‘iston maktabgacha
Dostları ilə paylaş: