O`zb tarix 11 узб indd


Kadrlar tayyorlash milliy dasturi



Yüklə 3,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/105
tarix24.12.2023
ölçüsü3,82 Kb.
#190880
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   105
O\'zbekiston tarixi 11-sinf

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
. O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi 
siyosat 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi yangi 
tahrirdagi qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o‘z aksini topdi.
1996–1997-o‘quv yilidan boshlab maktablarning birinchi sinfl arida o‘qish 
lotin alifbosida olib borildi. Yangi alifboda o‘qitish uchun zarur dastur, 
qo‘llanma va darsliklar yaratildi. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 3 bosqichdagi islohotlar asosida amalga 
oshirildi. I bosqich – 1997–2001-yillarda dasturni amalga oshirish uchun 
zarur bo‘lgan huquqiy-me’yoriy, ilmiy-metodik, moliyaviy-moddiy shart-
sharoitlar yaratildi. Buning uchun davlat tomonidan qo‘shimcha ravishda 65 
milliard so‘m mablag‘ sarf qilindi. II bosqich – 2001–2005-yillarni o‘z ichiga 
olib, milliy dastur keng miqyosda joriy etildi. III bosqich – 2005-yildan 
bugungi kungacha. Bu bosqichda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi natijasida 
erishilgan natijalar, to‘plangan tajribalar umumlashtirilib, shu asosda 
yurtimizda ta’lim tizimi takomillashtirilib borildi. 2009-yildan boshlab 
yurtimizda to‘liq 12 yillik majburiy ta’lim joriy etildi.
9 yillik umumiy o‘rta ta’lim savodxonlik asoslarini, umumiy o‘rta ta’lim 
olish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. 
Bolalar birinchi sinfga 6–7 yoshdan qabul qilinadi. Umumiy o‘rta ta’lim 
kerakli bilimlar hajmiga asos soladi, mustaqil fi krlash, tashkilotchilik 
qobiliyatlari va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki kasbiy 
yo‘nalish va navbatdagi ta’lim bosqichini tanlashga zamin yaratadi.
Yodda tuting!
1997-yildan boshlab har yili 1-oktabr «O‘qituvchilar va murabbiylar 
kuni» sifatida nishonlanib kelinmoqda.
Yodda tuting
!
Ta’lim tizimi O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi 
qonuni asosida maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim, 
oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, malaka oshirish va kadrlarni 
qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim shakllaridan iborat.


73
Prezidentning 2004-yildagi farmoni asosida 2004–2009-yillarda Maktab 
ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi qabul qilindi. Dastur 
doirasida yangi maktablar qurildi, boshqalari kapital ta’mirlandi; aniq va 
tabiiy fanlardan o‘quv laboratoriyalar zarur uskunalar bilan jihozlandi.
Umumiy o‘rta, umuman, ta’limning barcha bosqichlarida yangi o‘quv 
dasturlari, davlat ta’lim standartlari yaratildi. Maktab darsliklari tamomila 
yangilandi hamda fan va amaliyot yutuqlari bilan boyitish bo‘yicha 
takomillashtirib borildi. Multimedia o‘quv adabiyotlari ham yaratilishi yo‘lga 
qo‘yildi. Respublikada faoliyat yuritayotgan 10 mingga yaqin maktablarning 
moddiy-texnika ta’minoti ham davlat hisobidan amalga oshirildi.

Yüklə 3,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin