O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/106
tarix28.12.2023
ölçüsü3,42 Kb.
#200899
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Yodda tuting
!
Bugungi kunda BMTga a’zo bo‘lgan 193 ta davlatdan 143 tasida 
Prezident lavozimi ta’sis etilgan.
1990-yil 24-martda O‘zbekiston Respublikasida prezidentlik instituti-
ning vujudga kelishi mamlakatimiz milliy davlatchiligining rivojlanishida 
mutlaqo yangi bosqichni boshlab berdi. 1990-yil 1-noyabrda qabul qilingan 
O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasida ijroiya va 
boshqaruv hokimiyatining tuzilishini takomillashtirish hamda O‘zbekiston 
SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar 
kiritish to‘g‘risida»gi Qonuni bilan davlat boshqaruvining uyg‘un tizimini 


12
yaratish, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va 
sud hokimiyatini bir-biridan qat’iy farqlab 
qo‘yish muhim ekanligini hisobga olib, pre-
zidentlik hokimiyati bilan Ministrlar Soveti-
ning ijroiya-boshqaruv hokimiyati qo‘shib yubo-
rildi. O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Soveti 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi 
Vazirlar Mahkamasiga aylantirildi. O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar 
Mahkamasining Raisi bo‘lishi, O‘zbekiston Res- 
publikasi Prezidentining va O‘zbekiston 
Respublikasi Ministrlar Sovetining apparati 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi 
bitta apparatga birlashtirilishi belgilandi.
Mazkur qonun mamlakatimizda davlat bosh-qaruv shakli – prezidentlik 
respublikasiga asosla-nishini mustahkamlab qo‘ydi. Prezidentlik instituti 
ta’sis etilganidan so‘ng davlatimizda keng qamrovli islohotlar boshlandi. 
1991-yil 18-noyabrda mamlakatimizda prezidentlik saylovlarini tartibga 
soluvchi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi Qonun 
qabul qilindi. Shu asosda, 1991-yil 29-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentligiga muqobillik asosida saylov bo‘lib o‘tdi. 
Oliy lavozimga ikki nomzod – O‘zbekiston Xalq Demokratik partiyasi 
va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi nomzodi Islom Karimov 
va «Erk» Demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov (Muhammad Solih) 
nomzodi qo‘yildi. Saylovlar yakuniga ko‘ra ovoz berishda qatnashganlarning 
86 foizi Islom Karimov nomzodini, 12,3% esa Saloy Madaminov nomzodini 
yoqlab ovoz berdi. 1995-yil 26-martda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddatini 
1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirish masalasi bo‘yicha umumxalq refe-
rendumi bo‘lib o‘tdi. 2000-yil 9-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Pre- 
zidenti saylovi o‘tkazildi. Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentligiga muqobillik asosida o‘tkazilgan saylovda O‘zbekiston Pre-
zidenti etib saylandi. 2002-yil 27-yanvarda bo‘lib o‘tgan referendumda 
prezidentlik lavozimi vakolati 5 yildan 7 yilga uzaytirildi. 2007-yil 23-de-
kabrda bo‘lib o‘tgan saylovda 88,1 foiz ovoz bilan Islom Karimov 7 
yilga 
1991-y. Prezidentlikka 
nomzodlar.


13
saylandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddati 2015-yil 
dekabrda tugashi munosabati bilan Prezidentlik lavozimiga saylov o‘tkazildi. 
2015-yil 29-mart kungi prezident saylovida Islom Karimov 90,39 foiz 
ovoz bilan g‘alaba qildi. 
2016-yil 2-sentabrda Islom Karimov og‘ir xastalik tufayli vafot etdi. 
Shu munosabat bilan navbatdan tashqari umumxalq prezidentlik saylovlari 
o‘tkazildi. 2016-yil 4-dekabrda O‘zbekiston Konstitutsiyasi va «O‘zbekis-
ton Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi»gi qonunga muvofi q, 
muqobil-lik va sog‘lom raqobat asosida Prezidentlik saylovi o‘tkazildi. Unda 
88,61 % ovoz bilan Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev prezident etib saylandi.

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin