partiyasining KPSS MQ bilan har qanday aloqasini to‘xtatishga, KPSSning
barcha tashkilotlaridan chiqishga, uning Markaziy organlaridagi o‘z vakil-
larini chaqirib olishga qaror qildi.
Favqulodda holat davlat
komiteti a’zolari.
7
Ana shunday vaziyatda XII chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining
navbatdan tashqari VI sessiyasi 1991-yil 31-avgustda o‘z ishini boshladi.
O‘zingizni sinang !
GKCHP – bu ....
1991-yil 25-avgustdagi farmon – bu ...
1990-yil 20-iyun – bu ...
Mustaqillik deklaratsiyasi – bu ...
!
Unda «O‘zbekiston Respublikasining
Davlat mustaqilligi to‘g‘risida»gi ma-
sala kun tartibiga qo‘yilib, qizg‘in
muhokama qilindi. Sessiyada O‘zbe-
kistonning birinchi Prezidenti Islom
Karimov nutq so‘zlab, sobiq Ittifoqda
so‘ngi paytlarda yuz bergan ijtimoiy-
siyosiy voqealar oqibatlarini tahlil
qilib,
ular
O‘zbekiston
taqdiriga
bevosita daxldor ekanligini asoslab
berdi. Vaziyatdan kelib chiqqan holda,
O‘zbekiston Respublikasining davlat
mustaqilligini e’lon qildi va uni mastaqillik asoslari to‘g‘risidagi qonun bilan
mustahkamlashni taklif qildi. Oliy Kengash deputatlari moddama-modda
muhokamadan so‘ng «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi
asoslari to‘g‘risida»gi qonunni qabul qildilar. So‘ngra «O‘zbekiston
Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Oliy Kengash Bayo-
noti» qabul qilindi.
«O‘zbekiston
Respublikasining
davlat
mustaqilligi
asoslari
to‘g‘risida»gi qonun g‘oyat katta ahamiyatga ega bo‘lib, bu qonun asosida
O‘zbekistonning huquqiy holati tubdan o‘zgardi. 17 moddadan iborat ushbu
qonun suveren O‘zbekiston Respublikasining asosiy belgilarini aniqlab
berdi.
Vatanimiz tarixi sahifalariga oltin harflar bilan yoziladigan o‘sha
kunlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ayni o‘sha paytda yosh, mustaqil
O‘zbekiston hukumati mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy
taraqqiyoti uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘plab muhim
hujjatlar qabul qilganining guvohi bo‘lamiz. Misol uchun, 5-sentabrda
imzolangan Toshkent shahridagi Lenin nomidagi maydonni Mustaqillik
I.Karimov mustaqillikni
e’lon qilmoqda.
8
maydoni deb nomlash to‘g‘risidagi, 6-sentabr kuni imzolangan «O‘z-
bekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish to‘g‘risida»gi
Prezident farmonlari va boshqa muhim siyosiy hujjatlar shular
jumlasidandir.