O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/106
tarix28.12.2023
ölçüsü3,42 Kb.
#200899
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Prezident
Oliy Majlis
Vazirlar Mahkamasi
Sud





15
yil 27-yanvarda o‘tkazilgan referendum va shu asosda qabul qilingan 
«O‘zbekiston Res-publikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida» va 
«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi 
to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy Qonunlar asosida amalga oshirildi.
Parlamentda 250 kishi, jumladan, Quyi palata – Qonunchilik palatasida 
150 deputat, Senatda 100 nafar senator faoliyat ko‘rsatadi. Senatga Qora-
qalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 6 nafardan, 
jami 84 kishi saylanadi. Prezident tomonidan tayinlanadigan 16 nafar el-
yurtda obro‘-e’tibor qozongan kishilar Senatning a’zosi bo‘lishadi.
O‘zingizni sinang
!
Qonun va Konstitutsiyaviy qonunning qanday farqlari bor?
!
Yodda tuting

Mamlakat parlamentining bosib o‘tgan yo‘lini tarixiy nuqtayi nazardan 
tahlil etar ekanmiz, uni shartli ravishda uchta asosiy davrga bo‘lish mumkin. 
Birinchi davr – 1991–1994-yillar, ikkinchi davr – 1995–2004-yillar, 
uchinchi davr – 2005-yildan hozirgi paytgacha.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, uning strukturasi 
va funksiyalari
. 1990-yil 15-noyabrda O‘zbekiston Prezidentining 
«O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tarkibini 
tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi. Unga muvofi q ravishda 
O‘zbekiston Prezidenti huzurida Vazirlar Mahkamasi tuzildi, Prezident 
uning Raisi bo‘ldi. Respublikada vitse-prezident lavozimi ta’sis etilib, 
uning zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish va uning ishini 
uyushtirish vazifasi yuklandi. 1992-yil 4-yanvarda vitse-prezident lavozimi 
tugatildi va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri lavozimi ta’sis 
etildi. Bosh vazir zimmasiga vitse-prezident vakolatlari berildi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining XX bobida O‘zbe-
kiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining konstitutsiyaviy-huquqiy
maqomi, uning tashkil etilishi, faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va 
vakolatlari belgilab qo‘yildi. Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatini O‘zbe-
kiston Respublikasining 1993-yilda qabul qilingan «O‘zbekiston Respub-
likasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi (yangi tahriri 2003-yil) Qo-


16
nuni asosida olib boradi. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi- 
ning hukumati Oliy Majlisning qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezi-
dentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari bajarilishiga rahbarlikni
ta’minlovchi O‘zbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organidir. 

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin