3
KIRISH
XX asrning so‘nggi yillari va XXI asrning boshida O‘zbekiston
tarixi
uchun butunlay yangi sahifa ochildi. U tarixiy davr sifatida tub burilish
hodisasini boshlab berdi. O‘zbekistonning sovet tizimi sharoitidagi oxirgi
yillari va mustaqil taraqqiyot davri xalqimizning bir necha ming yillik tarixida
o‘zining mazmuni,
mohiyati, jarayonlarining tezkorligi, voqea-hodisalarning
shiddatliligi bilan alohida ajralib turadi.
Darslikda O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi, yangi jamiyatga
o‘tish davrida siyosiy islohotlarning
amalga oshirilishi, O‘zbekistonda
huquqiy demokratik davlat qurilishi, fuqarolik jamiyatining shakllantirilishi,
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga
doir tadbirlar, ma’naviy-ruhiy
poklanish va milliy qadriyatlarning tiklanishi hamda O‘zbekistonning jahon
hamjamiyatidan munosib o‘rin olishi kabi masalalar mumkin qadar o‘z
ifodasini topgan.
Ko‘p ming yillik taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan va o‘tmishida katta tarixiy
siljishlar bilan birga tanazzullar va inqirozlarga guvoh bo‘lgan o‘zbek xalqi
hayotida XX asrning oxiri va XXI asrning boshlari muhim ahamiyat kasb etdi.
Ana shu davrda xalqimiz yaratgan buyuk bunyodkorliklar, siyosiy, iqtisodiy,
huquqiy, ijtimoiy va ma’naviy sohadagi beqiyos yutuqlar O‘zbekistonning
bundan keyingi uzoq kelajakka mo‘ljallangan taraqqiyotiga asos bo‘lib xizmat
qiladi. Ushbu davrning mohiyati –
butunlay yangi tuzum, yangicha turmush
tarzi, zamonaviy jahon sivilizatsiyasi talablariga javob bera oladigan aqliy
salohiyat, intellektual imkoniyat bilan bog‘liqligi muhim ahamiyatga ega.
Garchi mustaqillik davri tarixan qisqa bo‘lsada,
mustabid tuzum asoratidan
sovet tizimidan chiqib ketish, butun bir xalqning mustaqilligi va erkinligini
ta’minlash kabi g‘oyatda ziddiyatli, tahdidli va tahlikali, ayni paytda sharafli
jarayonni boshdan kechirdi.
O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida bosib o‘tgan yo‘lining
mazmun-mohiyati va xususiyatlarini ob’yektiv
baholagan holda mustaqillik
davrini quyidagi ikki bosqichga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘lar
edi.
Dostları ilə paylaş: