5
I BOB.
MUSTAQILLIKNING E’LON QILINISHI VA
O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY-SIYOSIY ISLOHOTLARNING
BOSHLANISHI
1-mavzu.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining qo‘lga kiritilishi
Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi.
1990-yil 20-iyun kuni
O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining II sessiyasida O‘zbekiston
SSRning
Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilindi.
Mustaqillik Deklaratsiyasidagi «O‘zbekistonni kelajagi uchun
tarixiy mas’uliyatni
chuqur his etgan holda, xalqaro huquq qoidalariga,
umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya
prinsiplariga asoslanib
O‘zbekiston SSRning davlat mustaqilligini e’lon qiladi» degan satrlar
mustaqillik uchun tashlangan dastlabki qadamni anglatar edi.
Ushbu
Deklaratsiyaning qabul qilinishi O‘zbekistonning mustaqillik uchun
kurashining yangi bosqichini boshlab berdi. Bu umumdavlat ahamiyatiga ega
bo‘lgan Deklaratsiyani qabul qilishda respublika
Oliy Kengashi deputatlari
faollik ko‘rsatdilar. «Mustaqillik Deklaratsiyasi» deputatlar tomonidan
moddama-modda, har bir millat o‘z taqdirini o‘zi
belgilashi, Deklaratsiya
qoidasi bilan kafolatlanishi qayta-qayta ta’kidlandi. Unda o‘zbek
xalqining
asrlar davomida qo‘lga kiritgan davlat qurilishi va madaniy taraqqiyot
borasidagi boy tarixiy tajribasi va an’analari hisobga olinishi uqtirildi.
Mustaqillik uchun harakatlarning faollashishi
. 1991-yilning 19–21-av-
gustida Sovet Ittifoqida davlat to‘ntarishi sodir etildi. Mamlakatda mavjud
Dostları ilə paylaş: