O‘zbekiston-Tojikiston. Tojikistonda 1992–1996-yillarda davom etgan
birodarkushlik urushi Tojikistonning iqtisodiy taraqqiyotiga salbiy ta’sir
etdi, uning qo‘shni mamlakatlar, jumladan, O‘zbekiston bilan hamkorli-
giga ham salbiy ta’sir etdi.
1997-yilda Moskvada Tojikistonning rasmiy hokimiyati bilan muxolifat
kuchlar o‘rtasida tuzilgan milliy murosa haqidagi shartnomaga erishilgach,
Tojikistonning qo‘shni mamlakatlar bilan aloqalari yana tiklandi.
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan 1998-yil
yanvarda Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon O‘zbekistonga amaliy
Sh. Mirziyoyev Bishkekda.
118
tashrif bilan keldi. Ikki mamlakat rahbarlari tashrif yakunlari bo‘yicha
qo‘shma axborot imzoladilar. Ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida yuk
tashish hamda gaz yetkazib berish, Tojikistonning qarzi bo‘yicha o‘zaro
hisob-kitob to‘g‘risidagi bitimlar ham imzolandi. O‘zbekiston Tojikiston
hududidan o‘tgan transport kommunikatsiyalaridan foydalanmoqda.
O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi ham yil sayin
ortib bordi.
2017-yil O‘zbekiston va Tojikiston munosabatlarida ham yangi sahifa
ochildi. Shu yil may oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan AQSh va arab-
musulmon davlatlari sammitida ishtiroki doirasida Tojikiston Prezidenti
Imomali Rahmon bilan ilk bor uchrashdi. Uchrashuv chog‘ida ko‘plab
manfaatli kelishuvlarga erishildi. 2017-yilning aprelida 25 yillik tanaffusdan
so‘ng Dushanbe va Toshkent o‘rtasidagi aviaqatnov yana tiklandi.
Arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammiti. 2017. Ar-Riyod.
Yodda tuting !
2017-yil aprelda Dushanbeda ikki tomonlama munosabatlar tarixida
ilk bor O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning keng ko‘lamli
ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. May oyining boshida esa tojik-o‘zbek
munosabatlari tarixida ilk bor Tojikistonda O‘zbekiston madaniyati
kunlari o‘tkazildi.