Savol va topshiriqlar: 1. 2017-yil valyuta sohasida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?
2. O‘zbekistonda xususiylashtirish jarayonlari va mulkdorlar sinfining shakl-
lanishi borasida davlat tomonidan amalga oshirilgan siyosat.
3. O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligiga oid islohotlardagi muvaffaqiyatlar va
muammolar nimalardan iborat?
4. Mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida transport tizimi, temir yo‘llar va
havo yo‘llarining ahamiyati haqida gapiring.
5. Iqtisodiy taraqqiyotda xorij investitsiyasini jalb etish siyosatining aha-
miyatini tushuntiring.
6. Erkin iqtisodiy zona deganda nimani tushunasiz?
7-mavzu. Ijtimoiy siyosat va uning amalga oshirilish bosqichlari Mustaqillik arafasida ijtimoiy-iqtisodiy va demografik vaziyat. XX
asrda 70 yildan ko‘proq vaqt hukmron bo‘lgan, dunyo xaritasida «So-
vet Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi» degan nom bilan katta hududni
egallagan, ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga asoslangan yirik mamlakat-
dagi to‘g‘ri bo‘lmagan, samarasiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosat 1980-yillar-
ning oxiriga kelib barcha ittifoqdosh respublikalar qatorida O‘zbekis-
ton aholisining ham yashash sharoitlarini og‘irlashtirib, uni ko‘plab
muammolar iskanjasiga solib qo‘ydi. Bu muammolarning barchasi 1980-yil-
larning oxiri, 1990-yillarning boshlarida O‘zbekistonda ijtimoiy keskin-
likning kuchayishiga sabab bo‘ldi. Xususan, respublikada demografik vaziyat
murakkablashdi.
?
Atamalar izohi! Diversifikatsiya – (lot.diversificatio – o‘zgarish, xilma-xil) ishlab
chiqarish samaradorligini oshirish, iqtisodiy bankrotlikni oldini olish
maqsadida ishlab chiqariladigan mahsulot assortimentining kengay-
tirilishi, mahsulot sotiladigan bozorlarni o‘zgartirish yoki yangi mahsulot
turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashish.
Logistika – (yun.
logistike – hisoblash, muhokama san’ati) Inson faoli-
yatining u yoki bu sohasini moddiy-texnik ta’minlashni boshqarish tizimi.