50
uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli
texnologiya va boshqaruv
tajribasini jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan ma’muriy
chegaralari va alohida huquqiy tartiboti bo‘lgan maxsus ajratilgan hududdir.
Prezidentimizning 2008-yil «Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy
zona tashkil qilish to‘g‘risida»gi
Farmoni asosida
«Navoiy» xalqaro
intermodal logistika markazi bunyod etildi.
2013-yildagi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining «Jizzax» maxsus industrial zonasini barpo
etish to‘g‘risida»gi va «Angren» maxsus industrial
zonasini barpo etish
to‘g‘risida»gi farmonlari qabul qilindi. Mazkur farmonlar raqobatbardosh
mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan zamonaviy, yuksak texnologiyali
ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalarni
jalb etish, bu borada qulay shart-sharoitlarni shakllantirishga,
ishlab
chiqarish va resurs salohiyatidan samarali foydalanish, yangi ish joylarini
yaratish va aholi daromadlarini oshirishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.
Iqtisodiy zonalar kiritiladigan investitsiya miqdoridan kelib chiqqan holda
3 yildan 7 yilgacha muddatga bojxona va soliq to‘lovlaridan ozod etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil oktabrdagi «Urgut»,
«G‘ijduvon», «Qo‘qon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy
zonalarini tashkil
etish to‘g‘risida» 2017-yil «Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish
va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonlari
asosida, bugungi kunda (2018) mamlakatimizda 10 hududda 14 ta erkin
iqtisodiy zona faoliyat yuritmoqda. «Navoiy», «Angren», «Jizzax», «Urgut»,
«G‘ijduvon», «Qo‘qon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarida 62 loyiha
amalga oshirilgan, 4 ming 600 dan ortiq ish o‘rni yaratilgan. Farmatsevtika
sohasiga ixtisoslashgan «Nukus-farm», «Zomin-farm», «Kosonsoy-farm»,
«Sirdaryo-farm», «Boysun-farm», «Bo‘stonliq-farm», «Parkent-farm» sin-
gari 7 yangi erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish bo‘yicha
izchil ishlar olib
borilmoqda. Prezidentning 2016-yildagi farmoniga ko‘ra «Navoiy» erkin
industrial-iqtisodiy zonasi, «Angren» va «Jizzax» maxsus industrial zonalari
Dostları ilə paylaş: