59
Jumladan, erkaklar o‘rtasidagi o‘rtacha umr ko‘rish 66 yoshdan 70 yoshga,
ayollar o‘rtasida esa 72 yoshdan 76 yoshga uzaygani odamlar salomatligini
muhofaza qilish va turmush sharoitini yaxshilashga
qaratilgan chora-
tadbirlarning aniq va yaqqol natijasi sifatida baholash o‘rinli bo‘ladi.
Uy-joylar qurilishi
.
Istiqlol
arafasida, hali mustabid tuzum
hukmronlik
qilib
turgan
bir
paytda,
Birinchi Prezident Islom
Karimov yuksak jasorat bilan
aholini uy-joyli qilish masalasi-
ning yechimini topdi.
Natijada
1989–1990-yillarda bir yarim million-
dan ko‘proq oilaga qo‘shimcha yer
ajratildi, 700 ming oilaga tomorqa
yerlari berildi. O‘zbekiston Respub-
likasi Prezidentining 2009-yil 3-av-
gustdagi «Qishloq
joylarda uy-joy
qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risi-
da»gi qarori bilan boshlangan qishloq
infratuzilmasini yangilashga qaratilgan
bunyodkorlik
ishlari bugun qishloq-
larimiz qiyofasini zamonaviy arxitek-
tura asosida tubdan o‘zgartirishga
xizmat qilyapti. Xususan, 2009–2016-
yillarda qishloq joylarda 69.557 ta
shinam namunaviy uy-joy bunyod
etildi. Pirovardida 83,5
mingdan ortiq
oilaning yashash sharoiti yaxshilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil
21-oktabrdagi
«2017–2021-yillarda
qishloq
joylarda
yangilangan
namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida»gi
qarori mazkur yo‘nalishdagi keng ko‘lamli islohotlarning mantiqiy
Namunaviy uy-joylar.
Arzon uy-joylar.
Ko‘p qavatli uy-loylar.