O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/106
tarix28.12.2023
ölçüsü3,42 Kb.
#200899
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Yodda tuting
!
Agar 1992-yilda 10 ta milliy-madaniy markazlar ish olib borgan bo‘lsa, 
hozirga kelib esa, mamlakatda 138 ta milliy-madaniyat markazlari faoliyat 
yuritmoqda.
Yodda tuting
!
O‘zbekiston aholisining 80 % ini o‘zbek, 4,9 % ini tojik, 3,8 % ini 
rus, 3,6 % ini qozoq va 7,7 % ini boshqa turli millatlarga mansub kishilar 
tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasida yashovchi turli millat vakillarini respublika 
ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifi y hayotida faol ishtirok etishini ta’minlash 
milliy-madaniy markazlar faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. 
Shuningdek, xorijiy mamlakatlardagi turdosh tashkilotlar hamda tarixiy 
vatanlari bilan do‘stlik, hamkorlik, madaniy-ma’rifi y aloqalar o‘rnatish va 
hamdo‘stlik aloqalarini rivojlantirish, Respublika Baynalmilal madaniyat 
markazi, turli davlat va jamoat tashkilotlari hamda ijodiy uyushmalar bilan 
hamkorlikda mamlakatda fuqarolar hamjihatligi va millatlararo totuvlikni 
mustahkamlashga ko‘maklashish milliy madaniyat markazlarning asosiy 
vazifalaridir. 1992-yil tashkil etilgan Respublika Baynalmilal madaniyat 


63
markazi esa ushbu milliy madaniyat markazlar faoliyatini muvofi qlashtirib, 
ularga tashkiliy va uslubiy yordam ko‘rsatib keldi.
O‘zingizni sinang
!
Xalqaro ona tili kuni – …
O‘zbekiston aholisi – bu …
Baynalmilal markazi – bu …
Millatlararo totuvlik – bu …
!
Yodda tuting
!
Bugungi kunda ham xalqlar va dinlar orasidagi bag‘rikenglik, tolerantlik 
g’oyasi dunyoda eng dolzarb muammolardan biridir. Shu munosabat bilan
YUNESKO 1995-yil Parijda «Bag‘rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi»ni 
qabul qildi. Birlashgan millatlar tashkiloti esa har yilning 16-noyabrini 
«Xalqaro bag‘rikenglik kuni» deb e’lon qildi.
O‘zbekistonda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadigan «Mus-
taqillik» va «Navro‘z» bayramlari, 8 dekabr – Konstitutsiya qabul qilingan 
kun, 8 mart – Xotin-qizlar kuni, 9 may – Xotira va qadrlash kuni kabi bayram 
tadbirlarida turli millat va elat vakillari ham faol qatnashadilar.
Hozirgi O‘zbekiston hududida qadimdan Sharq ma’naviyatiga tayanib 
yashash, hamjihatlikka intilish, har tomonlama barkamollik oliy qadriyat 
darajasiga ko‘tarilgan, millatidan, irqi, ijtimoiy kelib chiqishi va diniy 
e’tiqodidan qat’i nazar, yagona o‘lchov – insonni insonligi uchun ulug‘lash 
bosh mezon qilib olingan. 
Baynalmilal markaz tomonidan har yili ikki marta til bayrami o‘tkazilib 
kelindi. Bular – YUNESKO Bosh konferensiyasi 30-sessiyasida (1999-yil) 
21-fevral – Xalqaro ona tili kuni deb e’lon qilingan va 2000-yildan 195 ta
a’zo davlatlarda nishonlanib kelinayotgan «Xalqaro ona tili kuni» hamda 
O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun hisoblanadi. Ayni munosabat 
bilan har yili an’anaviy tarzda o‘zbek tili bo‘yicha notiqlik san’ati tanlovi 
tashkil etib kelinadi.

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin