O`zb tarix 11 узб indd


O‘zbekiston – Qirg‘iziston



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/106
tarix28.12.2023
ölçüsü3,42 Kb.
#200899
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

O‘zbekiston – Qirg‘iziston. 
O‘zbekistonning Qirg‘iziston bilan ikki
tomonlama hamkorligi O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Res-
publikasi o‘rtasida do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro yordam haqida shartnoma 
asosida yo‘lga qo‘yildi va rivojlantirilmoqda. Bu shartnoma Toshkentda 
1992-yil Qirg‘iziston Prezidenti Askar Akayevning O‘zbekistonga 
rasmiy davlat tashrifi paytida imzolangan edi. Islom Karimovning 1993- 
yil Qirg‘izistonga qilgan rasmiy davlat tashrifi paytida O‘sh shahrida 
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida 1994–2000-yillarga mo‘ljallangan 
iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish to‘g‘risida Bayonot imzolandi. 
Bu hujjat ikkala respublikada ishlab chiqilgan milliy dasturlarni muvo-
fi qlashtirishga, xomashyo va ishchi kuchidan, ilmiy salohiyatdan unumli


117
foydalanishga qaratilgan edi. 1994-yil yanvarda O‘zbekiston Prezidenti
I.Karimov Qirg‘izistonda bo‘ldi. Rasmiy tashrif yakunida ikki davlat
Prezidentlari tovarlar, xizmatlar, sarmoya, ishchi kuchlarining erkin 
yurishini, o‘zaro kelishilgan kredit hisob-kitob, byudjet, soliq, narx, bojxona 
va valyuta siyosatini belgilovchi shartnomani imzoladilar. 
2010-yil iyulda Qirg‘izistonda 
obro‘-e’tiborini yo‘qotgan Prezident 
hokimiyatining ag‘darilishi, ekster- 
mistik kuchlar tomonidan uyushti-
rilgan millatlararo qonli voqealar 
sharoitida O‘zbekiston 100 mingdan 
ortiq qochqinlar, bolalar, xotin-qiz-
lar, qariyalarni O‘zbekiston hudu-
diga qabul qildi, joylashtirdi va
barcha zarur narsalar bilan ta’min-ladi. Shunday vaziyatda mamlakatlar 
o‘rtasidagi diplomatik aloqalar susaydi.
2017-yil O‘zbekiston va Qirg‘iziston munosabatlarida yangi sahifa ochdi. 
Shu yil sentabr oyida Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambayev taklifiga 
binoan Prezident Shavkat Mirziyoyev Bishkekda bo‘ldi. O‘zbekiston va 
Qirg‘iziston prezidentlari o‘z ichiga 85 foiz masofani qamrab olgan chegara 
to‘g‘risidagi bitimni imzolashdi. Shu munosabat bilan, aholining o‘tib-
qaytishi uchun ikki davlat o‘rtasidagi 7 yil davomida yopib qo‘yilgan chegara 
postlar ochildi. 2017-yil dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg‘iziston Respublikasining 
yangi saylangan Prezidenti Sooranbay Jeenbekov rasmiy tashrif bilan 
mamlakatimizga keldi.

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin