118
tashrif bilan keldi. Ikki mamlakat rahbarlari tashrif yakunlari bo‘yicha
qo‘shma axborot imzoladilar. Ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida yuk
tashish hamda gaz yetkazib berish, Tojikistonning qarzi bo‘yicha o‘zaro
hisob-kitob to‘g‘risidagi bitimlar ham imzolandi. O‘zbekiston
Tojikiston
hududidan o‘tgan transport kommunikatsiyalaridan foydalanmoqda.
O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi ham yil sayin
ortib bordi.
2017-yil O‘zbekiston va Tojikiston munosabatlarida
ham yangi sahifa
ochildi. Shu yil may oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan AQSh va arab-
musulmon davlatlari sammitida ishtiroki doirasida
Tojikiston Prezidenti
Imomali Rahmon bilan ilk bor uchrashdi. Uchrashuv chog‘ida ko‘plab
manfaatli kelishuvlarga erishildi. 2017-yilning aprelida 25 yillik tanaffusdan
so‘ng Dushanbe va Toshkent o‘rtasidagi aviaqatnov yana tiklandi.
Arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammiti. 2017. Ar-Riyod.
Yodda tuting
!
2017-yil aprelda Dushanbeda ikki tomonlama munosabatlar tarixida
ilk bor O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning keng ko‘lamli
ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. May oyining boshida esa tojik-o‘zbek
munosabatlari tarixida ilk bor Tojikistonda O‘zbekiston madaniyati
kunlari o‘tkazildi.