122
ikki mamlakatga har ikki tomonni qiziq-
tiruvchi ko‘plab masalalar bo‘yicha
o‘zaro manfaatli
va samarali hamkor-
lik olib borish imkonini beradi. XXR
Raisining 2010-yildagi O‘zbekistonga
va O‘zbekiston Respublikasi Prezi-
dentining 2012-yil iyunda Xitoy Xalq
Respublikasiga davlat tashrifi tarixiy
ahamiyatga ega bo‘ldi.
Uchrashuvlar
davomida hamkorlikning istiqbollari
belgilandi. Buning yaqqol dalili sifatida
O‘zbekiston rahbarining Xitoyga tashrifi
chog‘ida davlatlar rahbarlari tomonidan «Strategik sheriklik munosabatlari
o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot» imzolanganini ko‘rsatish mumkin.
O‘zaro manfaatli hamkorlikning huqu-
qiy bazasini 2005-yilda
imzolangan
Do‘stlik, hamkorlik va sheriklik munosa-
batlari to‘g‘risidagi shartnoma, 2010-yil-
dagi Do‘stlik, hamkorlik va sheriklik
munosabatlarini
har tomonlama chuqur-
lashtirish va rivojlantirish to‘g‘risidagi
qo‘shma deklaratsiya, 2012-yildagi Strate-
gik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risidagi
Qo‘shma deklaratsiya, 2013-yildagi Ikki
tomonlama strategik hamkorlikni yanada
chuqurlashtirish
va rivojlantirish haqi-
dagi Qo‘shma deklaratsiya, 2014–
2018-yillarga mo‘ljallangan Strategik
sheriklik munosabatlarini rivojlantirish
dasturi hamda 2016-yilda
imzolangan
Qo‘shma bayonot tashkil qiladi. Maz-
kur hujjatlarning qabul qilinishi uzoq
muddatli istiqbolda mamlakatlarimiz
o‘rtasidagi munosabatlarni yanada
rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Sh.Mirziyoyev va Si Szinpin.
I.Karimov va Xitoy Xalq
Respublikasi Raisi Si Tszinpin.
Sh.Mirziyoyev va V.Putin shartnoma
imzolamoqda. 2017-y.
123
2017-yil 11–13-may kunlari Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq
Res-publikasiga davlat tashrifi O‘zbekiston – Xitoy munosabatlarini
yangi bosqichga ko‘tardi.
Muzokaralar
yakunida Shavkat Mirziyoyev
va Si Szinpin O‘zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi
o‘rtasidagi Qo‘shma bayonotni imzoladilar. Shavkat Mirziyoyev Xitoyga
boʻlgan tashrifi davomida umumiy qiymati 23 mlrd. dollar boʻlgan 105 ta
ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.
Dostları ilə paylaş: