O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/106
tarix28.12.2023
ölçüsü3,42 Kb.
#200899
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

 
O‘zbekiston–AQSH

O‘zbekiston bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari 
o‘rtasida davlatlararo aloqalar mustaqillikning dastlabki yillaridayoq yo‘lga 
qo‘yildi. 1992-yil fevralda AQSH davlat kotibi O‘zbekistonga rasmiy 
tashrif buyurdi va ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi. 1992- 
yil martda Toshkentda birinchi bo‘lib AQSHning elchixonasi ochildi. 
O‘zbekiston Prezidenti I.Karimovning 1996-yil iyunda AQSHda bo‘lishi 
O‘zbekiston va Amerika munosabatlarini yangi pog‘onaga ko‘tardi. Islom 
Karimov AQSH Prezidenti Bill Klinton bilan uchrashdi. Ikki mamlakat 
o‘rtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirish, tomonlar manfaatiga daxldor
bo‘lgan siyosiy, iqtisodiy, xavfsizlik masalalari muhokama etildi. Bill 
Klinton AQSH ma’muriyati Markaziy Osiyo mamlakatlarining mustaqilligi, 
barqarorligi va ravnaqidan manfaatdor ekanini, O‘zbekiston bilan qalin 
munosabatlar o‘rnatishni istayotganini, O‘zbekistonning tezroq dunyo 
hamjamiyatiga integratsiyalashuvi yo‘lida yordam berajagini ta’kidladi. 
1996-yil O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasi ochildi. O‘zbekiston
Prezidenti boshliq davlat delegatsiyasining AQSHda bo‘lishi chet el 
sar-moyasi uchun respublikada yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risidagi
axborot taqchilligini bartaraf etdi. 
2002-yil mart oyida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov boshliq
davlat delegatsiyasi rasmiy davlat tashrifi bilan AQSHda bo‘ldi. AQSHni
sinovli damlarda qo‘llab-quvvatlagani uchun 2002-yil Islom Karimov
Amerika jamoatchiligi tomonidan «Xalqaro miqyosdagi lider» mukofoti 
bilan taqdirlandi. 
Yodda tuting
!
2017-yilning o‘zida xorijiy mamlakatlar bilan 60 mlrd. dollarlik 
shartnomalar imzolangan bo‘lsa, shuning 35 foizi, ya’ni 23 mlrd. dollari 
Xitoy ulushiga to‘g‘ri keladi. 


124
2017-yil may oyida O‘zbekiston 
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sau-
diya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod 
shahrida bo‘lib o‘tgan AQSh va 
arab-musulmon davlatlari sammitida 
ishtirok etdi. 
Sammit doirasida Shavkat 
Mirziyoyev va AQSh prezidenti 
Donald 
Tramp
ilk bor uchrashdi. Donald Tramp 
davlatimiz rahbari bilan uchrashuvda 
O‘zbekistonda olib borilayotgan islo-
hotlar jarayonini yuqori baholadi.
Shu yil sentabrda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMTning 
72-sessiyayasi munosabati bilan Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘ldi va u 
yerda istiqomat qilayotgan bir guruh o‘zbekistonliklar bilan uchrashdi. 
Islom Karimov va Jorj Bush.
Sh. Mirziyoyev
AQShdagi o‘zbeklar bilan.
Sh. Mirziyoyev
va D.Tramp.
Vatandoshlar ilm-fan, ta’lim, texnologiya, investitsiya va boshqa soha-
larni rivojlantirish, O‘zbekiston va AQSh muassasalari o‘rtasidagi aloqa
lar- 
ni mustahkamlash bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdi. Shav-
kat Mirziyoyev ularga murojaat qilar ekan, O‘zbekistonda amalga oshi-
rilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga daxldor bo‘lish, zamonaviy bilim va 
tajribalarini mamlakat rivojiga yo‘naltirishga da’vat etdi. Bugungi kunda 
O‘zbekiston va AQSH strategik hamkor va sherik mamlakatlardir

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin