O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/106
tarix28.12.2023
ölçüsü3,42 Kb.
#200899
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

O‘zbekiston – Hindiston

Hindiston O‘zbekistonning yirik strategik 
hamkoridir. 
1992-yil martda Toshkentda O‘zbekiston va Hindiston 
o‘rtasida diplomatik munosabatlarning o‘rnatilishi to‘g‘risidagi 
bayonnoma imzolandi. 
2016-yilga qadar 
O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov 
Hindistonga besh marotaba tashrif buyurgan va birinchi rasmiy tashrif 
1991-yilning avgustida amalga oshirilgan edi. 
1993-yil mayda Hindiston 
Bosh vaziri Narasimxa Rao davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. 
Safar kunlarida «O‘zbekiston Respublikasi bilan Hindiston Respublikasi 
o‘rtasida davlatlararo muno-sabatlar va hamkorlik prinsiplari to‘g‘risida» 
shartnoma va savdo – iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida va boshqa bitimlar 
imzolandi. O‘zbekiston Prezidenti I.Karimovning 1993-yilgi Hindistonga 
rasmiy tashrifi chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida iqtisodiy, savdo va ilmiy-
texnikaviy hamkorlik to‘g‘risida qator bitimlar imzolandi. 
2006-yilda 
Hindiston Bosh vaziri M.Singxning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil may oyida Hindistonga 
qilgan davlat tashrifi va 2015-yil iyunda Hindiston Bosh vaziri Narendra 
Modining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi
hamkorlik munosabatlarini 
yanada yuqori pog‘onaga ko‘tardi. O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida 
o‘zaro manfaatli aloqalarga xizmat qiluvchi 40 ga yaqin hujjatlar qabul 
qilingan bo‘lib, ularning orasida eng muhimi – ikki davlat munosabatlarini 


127
sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarishga qaratilgan Strategik sheriklik 
to‘g‘risidagi qo‘shma Bayonotidir. Hozirgi kunda O‘zbekiston hududida 
Hindiston sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan 60 dan ortiq korxona 
faoliyat yuritmoqda.
O‘zbekiston – Koreya Respublikasi
. O‘zbekiston Respublikasi va 
Koreya Respublikasi o‘rtasida hamkorlik munosabatlarining rivojiga 1991- 
yil dekabrda O‘zbekiston mustaqilligi tan olingan va ular o‘rtasida 1992-
yil yanvarda diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kunda asos solingan edi. 
Bu tarixiy sanalar ikki davlat o‘zaro munosabatlarida faol siyosiy muloqot 
olib borish va har tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlikning shakllanishi 
uchun yo‘l ochdi.

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin