O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/106
tarix28.12.2023
ölçüsü3,42 Kb.
#200899
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

.
Savol va topshiriqlar
:
1. O‘zbekiston qaysi davlatlar bilan strategik sherikchilik to‘g‘risida shart-
noma imzolagan?
2. O‘zbekiston–Rossiya o‘rtasida qanday shartnomalar imzolangan?
?


125
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yilda Ros-
siya, Xitoy va AQSHdagi tashriflarining ahamiyati haqida gapiring.
4. Rossiya, Xitoy va AQSH davlat rahbarlarining O‘zbekistonga tashrifi 
hamda O‘zbekiston Prezidentlarining yuqorida nomlari keltirilgan dav-
latlarga tashrifi bo‘yicha jadvalni to‘ldiring.
Tashrif manzili
Shaxs
Yili
Natijasi
20-mavzu
.
O‘zbekistonning Yaponiya, Koreya Respublikasi va 
Hindiston bilan ikkitomonlama aloqalarining rivojlanishi
O‘zbekiston – Yaponiya
. O‘zbekis-ton o‘zining sharqiy yo‘nalishdagi 
tashqi siyosatida Osiyo qit’asining Yaponiya, Hindiston va Koreya Res-
publikasi kabi mamlakatlari bilan davlatlararo munosabatlar va manfaatli 
hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga alohida e’tibor berdi. 
1992-yil yanvarda o‘rnatilgan dip- 
lomatik munosabatlar, 1994-yil may, 
2002-yil iyul va 2011-yil fevralda 
Yaponiyada 
hamda 
2006-yil 
avgustda O‘zbekistonda bo‘lib 
o‘tgan davlat rahbarlari o‘rtasidagi 
oliy darajadagi uchrashuvlar ikki 
mamlakat o‘rtasidagi manfaatli va 
do‘stona aloqalarga yangicha ma’no-
mazmun bag‘ishladi. Xususan, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2002-yilda 
Yaponiyaga tashrifi doirasida Bosh vazir Jun’itiro Koidzumi bilan 
uchrashuvida o‘zaro do‘stlik, strategik sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi 
qo‘shma bayonot imzolandi. Ushbu bayonot tomonlarning hozirgi zamon 
xalqaro munosabatlardagi ko‘plab muammolar bo‘yicha qarashlari va
munosabatlari o‘xshashligi, shuningdek, ularning ikki mamlakat ko‘p qirrali 
hamkorligini yanada kengaytirishga intilishlarini tasdiqlovchi rasmiy hujjat 
bo‘lib qoldi. 2004-yilda Tokiodagi Soka universiteti hududida buyuk o‘zbek 
mutafakkiri Alisher Navoiyga haykal o‘rnatildi.
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe va 
Islom Karimov.


126
O‘zbekiston Prezidentining 2011-yil fevralda Yaponiyaga qilgan 
navbatdagi rasmiy tashrifi davomida yuqori texnologiyalar sohasida 
ixtisos-lashgan yirik kompaniyalar bilan yapon texnologiyalari 
va investitsiyalarini O‘zbekistonning neftgaz, kimyo, energetika, 
mashinasozlik va to‘qimachilik sanoati kabi tez rivojlanayotgan 
sohalariga jalb etishga qaratilgan qator bitimlar tuzishga erishildi.
2015-yil oktabrda Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening 
O‘zbekistonga tashrifi doirasida O‘zbekiston va Yaponiya umumiy 
qiymati 8,5 mlrd dollardan ko‘proqni tashkil qiladigan qo‘shma 
loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Yodda tuting
!
2004-yil – bu … 2015-yil – bu … I.Karimov tashrifl ari …
1992-yil – bu … 2011-yil – bu … Yaponiya Bosh vazirlari … 

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin