“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-21, Issue-2, November - 2022
118
O`ZBEKISTONNING JAHON MAMLAKATLARI O`RTASIDAGI
IQTISODIY ALOQALARINING RIVOJLANISHI
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Iqtisod yo`nalishi 1-kurs talabasi
Yo`ldoshev Bahodir O`rozmamat o`g`li
Ungboyova Sevinch Kamoliddin qizi
Tel:+998912281225
+998975507580
Annotatsiya:
O`zbekistonning jahon mamlakatlari o`rtasidagi
iqtisodiy
aloqalarining rivojlanishi mavzusi buyicha O`zbekistonning boshqa davlatlar bilan
tutgan iqtisodiy aloqalari Yevropa Ittifoqi va Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi
shartnomalariga kirgan davlatlar bilan tutgan iqtisodiy
aloqalari haqida qisqacha
malumotlar.
Kalit so`zlar;
transport, xalqaro tashkilot, akkreditatsiya, konventsiya, mintaqa,
integratsion, Yevropa Ittifoqi,
memorandum, hamkorlik, bitim, savdo,
investorlar,
kapital, sanoat, eksport, import, kredit, tranzit.
O`zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo mintaqasining markazida joylashgan
bo`lib, bu yerda mintaqa aholisining 45% yashaydi. O`zbekiston mintaqaning boshqa
mamlakatlari (Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston)
bilan umumiy
chegaralarga ega bo`lgan yagona mamlakat, shuningdek u Yevropa bilan Osiyo –
Tinch
okeani mintaqasi va hamda, Janubiy Osiyo, Yaqin va O`rta
Sharq
mamlakatlarini transport va telekommunikatsiya bo`yicha birlashtiruvchi muhim
transport chorahasi hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi jahonning 160 mamlakati
bilan savdo aloqalarini
amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy Xalq
Respublikasida (16,6 %), Rossiya Federatsiyasida (14,2 %), Qozogʻistonda (7,5
%), Turkiyada (5,9 %), Koreya Respublikasida (4,8 %), Germaniya (2,9 %) va Qirgʻiz
Respublikasida (1,7 %) qayd etilgan.
O`zbekiston asosiy va muhim xalqaro konventsiyalarning
ishtirokchisi
hisoblanadi. O`zbekiston jahon iqtisodiyotida turli darajadagi - global va mintaqaviy
integratsion jarayonlarda qatnashish bilan bir paytda muhim tamoyilga, ya’ni bir davlat
bilan yaqinlashish boshqa bir davlat bilan uzoqlashish evaziga bo`lmasligi kerak degan
tamoyilga amal qiladi. O`zbekistonning jahon hamjamiyati
davlatlari bilan
integratsiyasining tarkibiy qismi turli davlat va xalqaro tashkilotlar bilan ko`p tarmoqli
aloqalarni o`rnatayotganligidir. Bu o`rinda Yevropa Ittifoqi (YeI) muhim o`rinni
egallaydi.