“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-21, Issue-2, November - 2022 120 bilan Yaponiya hukumati o`rtasida imzolangan bitimlarga O`zbekistonning xuquqiy
vorisligi haqida maktublar almashinuvi”, shuningdek, “O`zbekiston va Yaponiya
o`rtasida do`stona, strategik sheriklik va hamkorlik to`g`risida qo`shma bayonot”lar
imzolandi. Ikki tomonlama munosabatlarni rivojlanib borishida 1994 yilda tuzilgan
iqtisodiy hamkorlik bo`yicha O`zbek-Yapon va Yapon-O`zbek qo`mitalari muhim rol
o`ynamoqda.
Respublikaga muntazam ravishda Yaponiyaning nufuzli parlament vakillari,
ishbilarmon doiralari va siyosiy partiyalarning rahbarlari tashrif buyurmoqda.
Mamlakatimiz eksport salohiyatini rivojlantirish uchun moliyaviy hamkorlik
to`g`risida, neft-gaz va to`qimachilik sanoat tarmoqlarini, mineral xom-ashyo
bazalarini
rivojlantirish
bo`yicha
investitsion
seminarlar,
konferentsiyalar,
prezentatsiyalarni tashkillashtirmoqda. Yaponiyaning iqtisodiyot, savdo va sanoat,
hamda moliya vazirliklari bilan birgalikda doimiy ravishda moliyaviy va texnik
hamkorlikni kengaytirish masalalari bo`yicha konsultativ yig`ilish va davra suhbatlari
o`tkazilmoqda. O`zbekistonda Markaziy Osiyoda yagona bo`lgan xalqaro hamkorlik
bo`yicha Yaponiya agentligi va tashqi savdo tashkilotlarining vakolatxonalari ochildi.
Toshkent shaxrida esa O`zbek-Yapon markazi o`z faoliyatini olib bormoqda. Yapon
bog`i ochilgan. Toshkentda hozirgi kunda Yaponiyalik investorlar ishtirokida tuzilgan
19 ta yirik Yapon kompaniyalar akkreditatsiya qilingan, 8ta qo`shma korxona ishlab
turibdi. O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning strategik rejalarini amalga
oshirishda muhim rol o`ynovchi Yaponiyaning moliyaviy-iqtisodiy yordamiga ustuvor
ahamiyat berilmoqda. O`z navbatida Yaponiya ham O`zbekistonga Markaziy
Osiyodagi vaziyatga katta ta’sir ko`rsata oladigan mintaqaviy yirik davlat sifatida
qaraydi. Hozirgi kunda ikki davlat o`rtasida savdo soxasida mumkin qadar qulaylik
berish rejimi o`rnatilgan.
O`zbekiston va Yaponiyaning iqtisodiy hamkorligi keyingi yillarda barqaror
rivojlanib bormoqda. O`tgan yillar davomida respublikaga keltirilgan moliyaviy
vositalarning umumiy hajmi 1,563 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi. Хalqaro
hamkorlik sohasida Yapon banki (JBIC) tijoriy kreditlari orqali respublikaning
yoqilg`i-energetika va to`qimachilik komplekslarida umumiy summasi 721,1 mln.
AQSh dollariga teng bo`lgan 8 ta investitsion loyihalarni moliyalashtirdi. Bundan
tashqari JBIC orqali “Taraqqiyotga rasmiy yordam” dasturi orqali O`zbekistonga
telekommunikatsiya, transport infrastrukturasi, energetika va maorif sohalari bo`yicha
umumiy summasi 721,7 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 7ta loyihani amalga oshirish
uchun imtiyozli shartlar bilan davlatning yena kreditlari berildi. Beg`araz va
insonparvarlik yordamlari bo`yicha esa sog`liqni saqlash, maorif, transport va
madaniyat sohalariga umumiy summasi 130,83 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan
resurslar Yaponiya tomonidan ajratildi.