“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-21, Issue-2, November - 2022 123 Ikki mamlakat o`rtasidagi iqtisodiy hamkorligning muhim yo`nalishlaridan biri –
mehnat resurslari migratsiyasi va malakali kadrlar tayyorlash tizimidir. O`zbekiston va
Janubiy Koreya o`rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomalar doirasida 2007-2016-yillar
davomida Janubiy Koreya mehnat bozorida o`zbekistonliklarning ishtiroki 25.5 ming
kishidan ortiqni tashkil etgani holda, 2016-yil holatiga 16.9 ming kishi Janubiy
Koreyada ishlashni davom ettirganlar.
O`zbekiston Malayziya, Vetnam, Hindiston, Indoneziya, Turkiya, Fors ko`rfazi
davlatlari kabi bir qator Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari bilan, Yaqin va O`rta
Sharq mamlakatlari bilan ham savdo iqtisodiy munosabatlarni olib bormoqda.
O`zbekiston uchun o`tgan 10 – 15 yillar MDH davlatlari bilan ikki va ko`p tomonlama
shartnomaviy munosabatlar doirasida teng va o`zaro foydali hamkorlik qilish uchun
katta imkoniyatlar mavjudligidan darak bermoqda. Bunday hamkorliklar asosida
nafaqat xududiy yaqinlik va iqtisodiy bog`liqliklar, balki chuqur tarixiy ildizlar,
madaniy – ma’naviy aloqalar, yirik tarixiy davrlar mobaynida xalqlarning umumiyligi
yotadi.
Jahon iqtisodiyotida MDH davlatlari O`zbekistonning asosiy savdo – iqtisodiy
hamkorlaridan biri hisoblanadi. Ularning hissasiga Respublika tashqi savdo hajmining
30%dan ortig`i to`g`ri keladi. O`zbekistonning MDH mamlakatlari bilan tovar
ayriboshlashi asosan, tenglik va o`zaro foydali tamoyillarga asoslangan. MDH
mamlakatlari ichida O`zbekistonning yirik savdo hamkorlari bo`lib, Rossiya
Federatsiyasi, Qozog`iston va Ukraina hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo
aylanmasining 30%i mintaqa davlatlariga to`g`ri keladi. 1999 yildan buyon mintaqa
davlatlari o`rtasida tovar ayirboshlash tobora o`sib borayotganligini ko`rishimiz
mumkin. Agar 1999 yilda mamlakatimizning mintaqa davlatlari bilan tovar
ayirboshlashi 525 mln. AQSh dollarini tashkil etgan bo`lsa, 2002 yilga kelib u 568 mln.
AQSh dollarini tashkil etgan edi.
Markaziy Osiyo davlatlari bilan bo`lgan o`zaro savdoda O`zbekiston asosan
ijobiy saldoga ega. 2002 yil natijalariga ko`ra tovar ayirboshlashning ko`proq qismi
Qozog`istonga tegishli (263,3 mln AQSh dollari) bo`lib, uning boshqa davlatlar bilan,
jumladan Tojikiston bilan 116,9 mln. AQSh dollarini, Qirg`iziston – 111,6 mln AQSh
dollarini, Turkmaniston – 76,3 mln AQSh dollarini tashkil etdi.
2022-yil yanvar-mart natijalariga ko`ra MDH mamlakatlaridan import ulushi
37.1 foizni tashkil etib, 2021-yilning mos davriga nisbatan 3 foizga kamaydi.
2022-yilning yanvar-mart oylarida MDH mamlakatlariga 1210.6 mln. AQSH
dollrli qiymatidagi Tovar va xizmatlar eksport qilinib, jami eksportning 21 foizini
tashkil etdi.