“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-21, Issue-2, November - 2022 119 O`zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o`rtasidagi hamkorlik 1992 yilning
15-aprelida O`zbekiston Respublikasi hukumati va Yevropa Ittifoqi Qo`mitasi
o`rtasidagi o`zaro hamkorlik to`g`risida Memorandumning imzolanishi bilan
boshlandi. 1994 yilning 24 yanvarida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
qoshida Yevropa Ittifoqi qo`mitasining O`zbekistondagi texnik aloqalar hamkorligi
bo`yicha byurosini tashkil etish to`g`risida qaror qabul qilindi. Bu tashkilotlarning
maqsadi iqtisodiy islohotlar jarayoni va bozor munosabatlariga o`tishda texnik yordam
ko`rsatish, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi hukumati va Yevropa Ittifoqi
qo`mitasining harakatlarining hamkorligini kuchaytirishdan iborat edi.
O`zbekiston Respublikasi bilan Yevropa mamlakatlari o`rtasidagi ko`p
tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida 1996 yilning 21 iyunidagi sammitda
Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning rahbarlari bilan “O`zbekiston va Yevropa
hamjamiyati hamda unga a’zo davlatlar o`rtasida hamkorlik va sheriklik” to`g`risida
bitim imzolandi. O`zbekiston Sobiq Ittifoq davlatlari ichida Rossiyadan keyin bunday
bitim imzolagan ikkinchi davlat bo`ldi. Хullas, “Sheriklik va hamkorlik” haqidagi
bitim O`zbekistonning Yevropa Ittifoqi a’zo davlatlar o`rtasidagi o`zaro
munosabatlarining huquqiy asosini tashkil qilgan bo`lib, ushbu bitim siyosiy, iqtisodiy,
fan-texnikaviy va madaniy aloqalar uchun keng imkoniyat ochgan edi.
O`zbekistonda Respublikasining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a`zo davlatlari
bilan tashqi savdo aylanmasi 3180.2 mln. AQSH dollrmi tashkil etadi. Shundan eksport
hajmi 923.3 mln. AQSH dollrni, import hajmi esa 2256.9 mln. AQSH dollrga yetdi.
Jahon iqtisodiyotida yirik siyosiy, iqtisodiy va intellektual salohiyatga ega
bo`lgan dunyoning yetakchi davlatlaridan biri - AQSh bilan ko`p tomonlama
munosabatlarni chuqurlashtirish va rivojlantirish O`zbekiston uchun ustivor
ahamiyatga ega. “O`zbekiston Respublikasi va AQSh o`rtasidagi strategik sheriklik va
hamkorlik asoslari to`g`risida Deklaratsiya” ikki mamlakat o`rtasidagi hamkorlikni
rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
AQSh kapitali ishtirokidagi investitsion loyihalar tog`-kon va neft-gaz
komplekslari, agrosanoat kompleksi texnologik bazalari, oziq-ovqat sanoati va
transport infratuzilmasini rivojlantirish kabi iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida
amalga oshiriladi.
Yaponiya O`zbekiston Respublikasini mustaqilligini 1991 yilning 28 dekabrida
tan olgan yetakchi sanoati rivojlangan davlatlardan biridir. Ikki davlat o`rtasidagi
diplomatik munosabatlar 1992 yilning 26 yanvarida o`rnatildi. Ikki tomonlama
munosabatlarning
rivojlanishida
O`zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
I.A.Karimovning Yaponiyaga 1994 yilning may va 2002 yilning iyulida amalga
oshirgan rasmiy tashriflari muhim rol o`ynadi. Tashriflar chog`ida O`zbek-Yapon
davlatlararo munosabatlariga oid bir qator xujjatlar, jumladan “O`zbekiston
Respublikasi va Yaponiya qo`shma bayonoti”, “O`zbekiston Respublikasi hukumati