“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-21, Issue-2, November - 2022 122 saqlash sohasini asbob-uskunalar bilan jihozlashga doir loyihalarni moliyalashtirish
to`grisida hukumatlararo natolar almashinuvi hamda vaternaruya va o`simliklar
inspeksiyasi karantini sohasida Anglashuv memorandum, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik subyektlari o`rtasidagi hamkorlikni rag`batlantirish bo`yicha Anglashuv
mamorendumi, qishloq xo`jaligi sohasida 2018-2020-yillardaga mo`ljallangan
idoralararo almashinuvi hamkorlik rejasi kabi qator muhim hujjatlar imzolandi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 1992 yil iyun, 1995 yil
fevral, shuningdek, 1999 yilda Koreya Respublikasiga tashrif chog`ida 1994 yilning
iyunida esa Koreya Respublikasi Prezidenti Kim Еn Sanning O`zbekistonga rasmiy
tashriflari chog`ida mamlakatlar o`rtasida o`zaro savdo - iqtisodiy munosabatlarini
rivojlanishi uchun huquqiy asos qo`yildi va hamkorlikning asosiy yo`nalishlari
belgilab olindi. O`zbekiston va Koreya Respublikasi o`rtasida “Savdo to`g`risida”,
“Investitsiyalarni o`zaro himoyalash va kengaytirish to`g`risida” kabi bir qator savdo-
iqtisodiy, investitsion va ilmiy-texnikaviy bitimlar imzolandi. Hozirgi kunda
O`zbekiston va Koreya Respublikasi o`rtasida huquqiy-shartnomaviy asosga ega
bo`lgan 22 ta hukumatlararo shartnoma va hujjatlar imzolangan.
1996 yilning 19 iyulida Asaka shahrida “UzDEUAvto” qo`shma korxonasining
avtomobil ishlab chiqarish zavodini prezentatsiyasi bo`lib o`tdi. 1992 yilning iyunida
O`zbekiston va Koreya Respublikasi o`rtasida imzolangan savdo shartnomasiga
muvofiq savdo sohasida birmuncha qulayliklar yaratildi. 2002 yilda ikki davlat
o`rtasida tovar ayirboshlash 326,0 mln. AQSh dollarini tashkil etgan bo`lib, uning 67,0
mln. AQSh dollari eksportga va 259,0 mln. AQSh dollari esa importga to`g`ri kelgan
edi. Respublika eksportining asosiy qismini bu davrda paxta tolasi, xizmatlar, mato va
kalava iplari tashkil etgan. 2003 yilning 9 oyi mobaynida ikki mamlakat o`rtasida tovar
ayirboshlash 179,1 mln. AQSh dollarini tashkil qilgan bo`lib, uning 39,1 mln. AQSh
dollari eksportga, 140 mln. AQSh dollari esa importga to`g`ri kegan. 2007-yilning
birinchi yarmiga kelib mamlakatimiz eksporti 1.4%, importi 9.0% tashkil etdi.
Hozirgi kunda Koreya Respublikasining eksport-import banki tomonidan
O`zbekistonga taqdim etgan umumiy kreditlar hajmi 96,4 mln. AQSh dollariga yetdi.
Ushbu mablag`lar hisobidan respublikada telekommunikatsiya tarmoqlarini
rivojlantirish loyihalari, “UzDЕUAvto” qo`shma korxonasiga qator yangi modellar
qo`shish, respublika kollejlarini yangi o`quv jihozlari bilan ta’minlash, “O`zbek Ipagi”
assotsiyatsiyasining ipak ishlab chiqarish korxonalarini texnik jihatdan qayta
modernizatsiyalash ishlari bajarilmoqda.
O`zbekiston tashqi savdo aylanmasida ham Koreya Respublikasi yetakchi
hamkorlardan biri sanalib, uning hissasi 7.3% ni tashkil etgan holda, hamkor
mamlakatlar o`rtasida Rossiya (21.8%), Xitoy (17%) va Qozog`istonda (12.6%)
keying 4-o`rinni egallaydi.