O`zb tarix 11 узб indd


Ekologik muammolar. Transchegaraviy daryolar



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Ekologik muammolar. Transchegaraviy daryolar. 
1990-yillardan 
boshlab Orol fojiasining halokatini boshidan kechirayotgan barcha 
mamlakatlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti, shuningdek boshqa xalqaro va
mintaqaviy tashkilot minbarlaridan jahon hamjamiyatining diqqat e’tiborini 
ushbu muammoga, uni mintaqaviy va global xavfsizlik bilan chambarchas 
bog‘liq ekanligiga jalb etib kelishmoqda. Orol fojiasi va uni bartaraf etish 
choralarini qidirish O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan 
biridir. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 1993-yil sentabrda BMT
Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida va 1995-yil oktabrdagi 50-sessiya-
larida so‘zlagan nutqlarida jahon hamjamiyatini Markaziy Osiyo mintaqa-
sidagi ekologik halokat bo‘lgan Orol va Orolbo‘yini qutqarishda ko‘mak 
berishga chaqirdi. Mazkur global muammoni BMT shafeligida xalqaro 
moliyaviy tuzilmalar, rivojlangan davlatlar ko‘magisiz amalga oshirish 
mumkin emasligiga BMTning e’tiborini qaratdi. 1993-yilda Qozog‘iston, 
Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston ta’sisligida Orolni 


135
qutqarish xalqaro jamg‘armasi (OQXJ) tashkil etildi. 2010-yil «O‘rta Osiyo-
ning transchegaraviy ekologik muammolari: ularni hal etishda xalqaro huquq 
mexanizmlarini qo‘llash» mavzusida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada 
Islom Karimov transchegaraviy daryolar va ulardan foydalanishda adolat 
tamoyiliga rioya etish zarurligi, aks holda mintaqaning eko olamiga ulkan 
fojialarni keltirishi mumkinligi haqida yana bir bor ommaga ma’lum qildi. 
2013-yilda Orolbo‘yi uchun Amudaryo deltasidagi kichik suv 
havzalarini tashkil etish, sho‘rsizlantiradigan qurilmaga ega suv chiqarish 
inshootlarini qurish, himoya o‘rmonini tashkil etish kabi loyiha va tadbirlarni 
moliyalashtirishga mablag‘lar ajratish rejasi tasdiqlangan. 2013-yilda 
O‘zbekiston Respublikasi va OQXJ-ning o‘sha paytdagi Prezidenti 
I.A.Karimov tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi 68-sessiyasining 
rasmiy hujjati sifatida «Orolning qurishi oqibatlariga barham berish va 
Orolbo‘yi ekotizimi halokatini oldini olish tadbirlari Dasturi» ilgari surildi.
Global miqyosda va mintaqamizda ekologik vaziyatning tobora 
yomonlashuvi va chuchuk suv taqchilligi sharoitida Markaziy Osiyoda 
suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash dolzarb masala bo‘lib 
qolmoqda. Ma’lumki, Markaziy Osiyoning ikki asosiy transchegaraviy 
daryolari – Amudaryo va Sirdaryo tarixan mintaqa xalqlarining umumiy 
boyligi va hayot manbayi bo‘lib kelgan. Aynan ushbu daryolarning 
quyilishi hisobiga Orol dengizi havzasi suv bilan ta’minlagan. Shularni 
hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Tojikiston va Qig‘iziston 
Respublikalari tomonidan jahon miqyosida yirik andozadagi to‘g‘onlar, 
Amudaryo yuqori qismida balandligi 350 metrni tashkil etadigan Rog‘un 
va Sirdaryo yuqori qismida Qambarota GESlarini qurish bo‘yicha olib 
borayotgan harakatlariga befarq qarab tura olmadi. O‘zbekiston Amudaryo 
va Sirdaryoning tabiiy oqimiga, atrof-muhitga hayvonot va o‘simlik 
dunyosiga qanday ta’sir etishi mumkinligini aniqlash maqsadida BMT 
shafeligida xolis xalqaro tekshiruvdan o‘tkazilishi kerak, deb hisobladi.
Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar 
transchegaraviy daryolarni boshqarish sohasidagi hamkorlikning yo‘qligi 
tufayli hamon murakkab bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston I. Karimov davrida 
Rog‘un GESning qurilishiga qat’iy qarshi chiqqan. Mamlakat ushbu GESning 
qurilishi bilan daryolar suvi kamayib ketishini ma’lum qilgan, shuningdek, 
GES to‘g‘oni buziladigan bo‘lsa, ekologik falokat xavfi bilan ogohlantirgan.


136
Sh. Mirziyoyev prezident lavozimiga kirishgach, O‘zbekistonning Rog‘unga 
nisbatan pozitsiyasi biroz o‘zgardi. 2017-yilning yozida O‘zbekiston Rog‘un 
GES qurilishiga qarshi emasligi, faqat bu jarayonda O‘zbekiston milliy 
manfaatlari ham hisobga olinishi lozimligini ma’lum qildi.

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin