O`zb tarix 11 узб indd


Darslikning qo‘lyozmasi O‘zR FA O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Darslikning qo‘lyozmasi O‘zR FA O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha 
muvofiqlashtiruvchi metodik markazida, «O‘zbekiston mustaqillikka erishishining tarixiy 
shart-sharoitlari: ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy omillar-nomli ПЗ–20170929749 
raqamli loyiha doirasida tayyorlandi.
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi.


3
KIRISH
XX asrning so‘nggi yillari va XXI asrning boshida O‘zbekiston tarixi 
uchun butunlay yangi sahifa ochildi. U tarixiy davr sifatida tub burilish 
hodisasini boshlab berdi. O‘zbekistonning sovet tizimi sharoitidagi oxirgi 
yillari va mustaqil taraqqiyot davri xalqimizning bir necha ming yillik tarixida 
o‘zining mazmuni, mohiyati, jarayonlarining tezkorligi, voqea-hodisalarning 
shiddatliligi bilan alohida ajralib turadi. 
Darslikda O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi, yangi jamiyatga 
o‘tish davrida siyosiy islohotlarning amalga oshirilishi, O‘zbekistonda 
huquqiy demokratik davlat qurilishi, fuqarolik jamiyatining shakllantirilishi, 
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir tadbirlar, ma’naviy-ruhiy 
poklanish va milliy qadriyatlarning tiklanishi hamda O‘zbekistonning jahon 
hamjamiyatidan munosib o‘rin olishi kabi masalalar mumkin qadar o‘z 
ifodasini topgan. 
Ko‘p ming yillik taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan va o‘tmishida katta tarixiy 
siljishlar bilan birga tanazzullar va inqirozlarga guvoh bo‘lgan o‘zbek xalqi 
hayotida XX asrning oxiri va XXI asrning boshlari muhim ahamiyat kasb etdi. 
Ana shu davrda xalqimiz yaratgan buyuk bunyodkorliklar, siyosiy, iqtisodiy, 
huquqiy, ijtimoiy va ma’naviy sohadagi beqiyos yutuqlar O‘zbekistonning 
bundan keyingi uzoq kelajakka mo‘ljallangan taraqqiyotiga asos bo‘lib xizmat 
qiladi. Ushbu davrning mohiyati – butunlay yangi tuzum, yangicha turmush 
tarzi, zamonaviy jahon sivilizatsiyasi talablariga javob bera oladigan aqliy 
salohiyat, intellektual imkoniyat bilan bog‘liqligi muhim ahamiyatga ega. 
Garchi mustaqillik davri tarixan qisqa bo‘lsada, mustabid tuzum asoratidan 
sovet tizimidan chiqib ketish, butun bir xalqning mustaqilligi va erkinligini 
ta’minlash kabi g‘oyatda ziddiyatli, tahdidli va tahlikali, ayni paytda sharafli 
jarayonni boshdan kechirdi. 
O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida bosib o‘tgan yo‘lining 
mazmun-mohiyati va xususiyatlarini ob’yektiv baholagan holda mustaqillik 
davrini quyidagi ikki bosqichga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘lar 
edi. 

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin