O`zb tarix 11 узб indd


Davlat ramzlarining qabul qilinishi



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Davlat ramzlarining qabul qilinishi
. 1991-yil 15-fevralda O‘zbekiston 
Oliy Kengashi «O‘zbekistonning davlat ramzlari to‘g‘risida» maxsus qaror
qabul qildi. Qarorda shunday deyiladi: «Mustaqillik to‘g‘risidagi Dekla-
ratsiyaga amal qilib O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi qaror qiladi: O‘zbe-
kiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ning yangi loyihasini tayyor-
lovchi komissiyaga O‘zbekiston SSRning Davlat bayrog‘i, Gerbi va 
Mad-hiyasiga doir taklifl ar hamda ular to‘g‘risida Nizomlar tayyorlash 
topshirilsin. Komissiya respublika jamoatchiligi va deputatlarning 
fi krlariga tayanib ish ko‘rsin».
O‘zbekiston mustaqil davlat deb e’lon 
qilingan kunning o‘zidayoq mustaqil davlat 
ramzlarini joriy qilish yuzasidan amaliy 
choralar ko‘rildi. O‘zbekiston Respublikasining 
Davlat bayrog‘i to‘g‘risida, respublika 
Davlat bayrog‘i.


10
gerbining nusxasi va Davlat madhiyasining mu-
siqiy bayoni haqida maxsus qaror qabul qilindi. 
Unda Konstitutsiya komissiyasining ekspert guru-
higa Davlat bayrog‘ining variantlari ustida 
ishlashni davom ettirish, Oliy Kengashning 
tegishli qo‘mitalariga Konstitutsiya komissiyasi 
ijodiy guruhi bilan hamkorlikda Davlat bayrog‘i, 
madhiyasi haqida qonun loyihalarini ishlab chiqib, 
navbatdagi sessiyaga taqdim etish topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 
1991-yil 18-noyabrida bo‘lib o‘tgan VIII sessiyasi 
«O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i 
to‘g‘risida»gi qonunni qabul qildi.
1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Kengashining X sessiyasida «O‘zbekiston Respubli-
kasining davlat gerbi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil
10-dekabrida bo‘lib o‘tgan XI sessiyasida «O‘zbe-
kiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risi-
da»gi qonun qabul qilindi. Sessiyada shoir Abdulla Oripov 
(1941–2016) va bastakor Mutal Burhonov (1916–2002) 
tomonidan tayyorlangan madhiya varianti tasdiqlandi.
Davlar gerbi
Abdulla Oripov
Mulohaza!
Turkiya Respublikasida Davlat madhiyasini yozgan shoirga nisbatan 
“Milliy shoir” maqomi berilgan. Madhiya matni muallifi ga bunday nom 
berilishi nima bilan bog‘liq? Mulohaza bildiring!

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin