O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
“PROKURATURA TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA
O‘ZGARTISHLAR VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 29-modda,
№ 6, 266-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 145-
modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda) o‘zgartishlar va
qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (
ilova
qilinmoqda).
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 29-avgust,
257-II-son
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
PROKURATURA TO‘G‘RISIDA
(yangi tahriri)
I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi
O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori
rahbarlik qiladigan prokuratura organlarining yagona markazlashtirilgan tizimidir.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 144-moddasining
birinchi
qismiga
qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar O‘zbekiston
Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi
ustidan nazoratni amalga
oshiradilar.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining asosiy vazifalari
O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining (bundan
buyon matnda prokuratura
organlari deb yuritiladi) asosiy vazifalari qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni
mustahkamlash, fuqarolarning
huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan
qo‘riqlanadigan
manfaatlarini, O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish,
huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilishdan iborat.