prokuratura organlarining boshqa xodimlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi. Hay’atning tarkibi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
prokuraturasida,
viloyatlar,
Toshkent
shahar
prokuraturalarida va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarda prokuror (rais), uning birinchi
o‘rinbosari, o‘rinbosarlari va prokuratura organlarining boshqa xodimlaridan iborat tarkibda hay’at
tuziladi. Hay’atning tarkibi tegishli prokurorning taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi
Bosh prokurori tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
prokuraturasida, viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalarida va ularga tenglashtirilgan
prokuraturalarda tuziladigan hay’atlar maslahat organlari bo‘lib, ular qonuniylik va
jinoyatchilikning holatiga, prokuratura organlarining faoliyatiga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh
prokurori buyruqlari va ko‘rsatmalarining ijrosiga, kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yishga doir va
boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi, prokurorlarning, prokuratura organlari tuzilmaviy bo‘linmalari
rahbarlarining va boshqa xodimlarining hisobotlarini eshitadi.
Hay’at qarorlari asosida tegishli prokurorlar buyruqlar chiqarishi mumkin.
III BO‘LIM. PROKUROR NAZORATI
1-BOB. QONUNLAR IJROSI USTIDAN NAZORAT
20-modda. Nazorat predmeti
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari,
jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda vazirliklar, davlat qo‘mitalari va
idoralarining harbiy qismlari, harbiy tuzilmalari, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar
tomonidan qonunlarning ijro etilishi, shuningdek ular tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning
O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi
va qonunlariga muvofiqligi nazorat predmeti
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: