15-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori
rahbarlik qiladi, u O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan holda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan lavozimiga tayinlanadi hamda
lavozimidan ozod etiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi
va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori oldida hisobdordir.
Oldingi tahrirga qarang. Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
prokurori
tegishincha
tumanlar,
shaharlar
prokuraturalarining va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarning faoliyatiga rahbarlik qiladi,
qonunlarga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlariga asosan va ularni ijro etish
maqsadida o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlar uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar, ko‘rsatmalar,
farmoyishlar chiqaradi.
(15-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 30-oktabrdagi O‘RQ-873- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2023-y., 03/23/873/0808-son) Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori
tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan birinchi o‘rinbosari va
o‘rinbosarlari bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasida boshqarmalar va bo‘limlar tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang. Boshqarmalar va bo‘limlarning boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari, prokurorning
katta yordamchilari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligi bilan Qoraqalpog‘iston
Respublikasi prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
(15-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 30-oktabrdagi O‘RQ-873- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2023-y., 03/23/873/0808-son) Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining yordamchilari, boshqarmalar va
bo‘limlarning katta prokurorlari va prokurorlari, prokuror-kriminalistlar, alohida muhim ishlar
bo‘yicha katta tergovchilar va alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchilar, katta tergovchilar va
tergovchilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va
lavozimdan ozod etiladilar.