Prokuratura to‘G‘risida


-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy



Yüklə 304,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/31
tarix25.12.2023
ölçüsü304,2 Kb.
#195285
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31
prokuratura tóğridagi qonun

18-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy 
jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalari
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi 
kurashish departamenti (bundan buyon matnda Departament deb yuritiladi) tuziladi. Departamentga 
maqomi, mehnatga haq to‘lash shartlari, tibbiy va transport xizmatlari ko‘rsatilishi bo‘yicha 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosariga tenglashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasi 


Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 
lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Departament boshlig‘i rahbarlik qiladi.
Departament boshlig‘ining o‘rinbosarlari Departament boshlig‘ining taqdimnomasiga 
binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan 
ozod etiladi.
Departamentning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari va hududiy boshqarmalari 
boshliqlari Departament boshlig‘ining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh 
prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Departamentni va uning joylardagi bo‘linmalarini tashkil etish hamda ularning faoliyati 
tartibi qonunchilikda belgilanadi. 
(18-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
18
1
-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro 
byurosi hamda uning hududiy bo‘linmalari
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi (bundan 
buyon matnda Byuro deb yuritiladi) tashkil etiladi. Byuroni maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy 
va transport ta’minoti shart-sharoitlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 
o‘rinbosariga tenglashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga 
binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan hamda 
lavozimidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ozod etiladigan direktor boshqaradi.
Byuro direktori lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat ijrochisi 
hisoblanadi.
Byuro direktorining o‘rinbosarlari Byuro direktorining taqdimnomasiga binoan 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan 
ozod etiladi.
Byuro hududiy boshqarmalarining boshliqlari Byuro direktorining taqdimnomasiga binoan 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan 
ozod etiladi.
Byuroning tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari Byuro direktori tomonidan lavozimga 
tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Byuro va uning hududiy bo‘linmalarining tashkil etilishi va faoliyati tartibi qonunchilikda 
belgilanadi. 
(18
1
-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-
3016-son “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil 
etish to‘g‘risida”gi 
qaroriga 
qarang. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
(18
2
-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi O‘RQ-583-sonli 
Qonuniga
 
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 
03/19/583/4016-son) 

Yüklə 304,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin